Vazir o‘rinbosarining hibsga olinishi hamma uchun signal bo‘lishi lozim

Vazir o‘rinbosarining hibsga olinishi hamma uchun signal bo‘lishi lozim

Vladimir Zelenskiy, Ukraina jamiyati va hududlarda infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Vasiliy Lozinskiyning yuqori narxlarda asbob-uskunalar va texnika sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzishga yordam bergani uchun pora olganlikda gumon qilinib hibsga olinishi "hamma uchun signal" ekanini ta’kidladi.

"Men buni xatti-harakatlari adolat tamoyiliga zid bo‘lgan har bir kishi uchun bizning signalimiz ekanini bilishlarini istayman. Albatta, hozir asosiy e’tibor mudofaa masalasiga qaratilgan, bu tashqi siyosat masalasi, urush masalasi. Lekin bu men jamiyatda turli darajadagilarning, xoh markaziy xoh mintaqalarda bo‘lsin, qilganlarini ko‘rmayman va aytganlarini eshitmayman degani emas", – dedi Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi hafta tegishli qaror qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!