Vaxshiylik: Bosqinchi Isroil askarlari begunoh bolakayni oyog‘idan otdi
Livanda Hizbulloh va Isroil armiyasi o‘rtasidagi shiddatli janglar esa davom etmoqda.
Isroil askarlari G‘arbiy Sohildagi Salfitda reyd paytida 14 yoshli bolani oyog‘idan otib tashladi.
Falastinning «Vafa» axborot agentligi xabariga ko‘ra, isroillik kuchlar bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Salfitga uyushtirgan reyd chog‘ida 14 yoshli bolaning oyog‘iga o‘q uzgan.
Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati bolani kasalxonaga yotqizganini aytdi, deya qo‘shimcha qildi Vafa.
****
Hizbulloh hujumlarini davom ettirmoqda.
Telegram’da guruh Isroilning Kiryat Shmona shahriga raketa zarbasi berganini ma’lum qildi. Isroil matbuoti hujumni tasdiqlab, shahar tomon 10 ga yaqin raketa otilgani ko‘rilganini aytdi.
Hizbulloh, shuningdek, uning jangchilari Labbuna tepaliklarida joylashgan Isroil tankini tankga qarshi raketa bilan nishonga olganliklari, «bu uning yonib ketishiga, ekipajning o‘limi va jarohatlanishiga olib kelganini» aytdi.
Isroil Livan janubida quruqlikdan hujumini davom ettirar ekan, Hizbulloh va Isroil armiyasi o‘rtasidagi shiddatli janglar davom etmoqda.