"Vaqf" fondi haqida mish-mishlar: asl haqiqatni anglaylik...

A A A
"Vaqf" fondi haqida mish-mishlar: asl haqiqatni anglaylik...

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi tomonidan ro‘yobga chiqarilayotgan xayrli ishlar qolib, asossiz xabarlar, turgan-bitgani bo‘htondan iborat iddaolar keng tarqalmoqda. “Malibu-2” voqeasi, o‘qituvchilardan go‘yoki 50 ming so‘mdan majburiy pul undirilayotganligi bilan bog‘liq maqolalarni bir eslang. Nima emish, endi masjidlar tomonidan hayit namozida aholi bergan xayr-ehson pullari “Vaqf” fondiga to‘laligicha o‘tkazilib, masjid xarajatlariga, bu yerdagi hovli supuruvchiyu qorovullarga xizmat haqi berilmayotgan ekan. YO-piray, lof ham evi bilan-da?!

Dunyoning ishlari qiziq! “Vaqf” fondi tashkil topmay turib, masjidga hayit namozida tushgan mablag‘ning 60 foizi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga o‘tkazilayotgan va masjid hay’ati tomonidan tasarruf etilayotgan vaqtlarda qayerda edi o‘sha arzgo‘ylar? Axir o‘sha paytlar barcha pullar hay’at tomonidan tasarruf etilib, masjid xarajatlari va boshqa chiqimlarga noqonuniy ravishda pul olinib, qolgan qismining hisobidan 60 foizi idoraga o‘tkazilgan kezlarda bunday norozichiliklar bo‘lmagan-ku. Qaytanga, ayni pallada masjidlarning daromadi avvalgi yillarga nisbatan ikki hissa ko‘p – endilikda xodimlarga avvalgidek noqonuniy yo‘l bilan emas, qonunan ish haqlari to‘lanmoqda. Masjidning boshqa xarajatlari uchun ajratilayotgan mablag‘lar ham xuddi shu yo‘sinda – ochiq-oshkora yo‘naltirilayotir.

Bilganlar aytsin - masjidlardan tushayotgan tushumlardan xodimlarga maosh, mukofot yoki moddiy yordam hamda boshqa xarajatlar (deylik, kommunal to‘lovlar) uchun har oy imom-xatib tomonidan talabnoma asosida chiqilsa, “Vaqf” fondi tomonidan hech bir e’tirozsiz mavjud ehtiyoj qondirilyapti. Ya’ni har bir harakat tegishli hujjatlar asosida, qonun doirasida olib borilyapti. “Ozodlik”ka arz qilib, dunyoga jar solayotgan ayrim mullalar esa bu haqiqat xususida negadir og‘iz ochmaydilar.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, masjidga aholidan kelayotgan mablag‘lar kimlarningdir cho‘ntagini qappaytirish uchun emas, xayr-ehson sifatida berilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, masjidlarning ehtiyoji uchun, yordamga muhtoj, ehtiyojmand hamyurtlarimiz uchun yo‘naltirilmoqda. Bir qismi esa o‘zini o‘zi qoplay olmayotgan masjidlar xodimlariga oylik maosh sifatida ajratilmoqda. Bunday toifadagi masjidlar esa mamlakat  bo‘ylab 800 dan ortiq bo‘lsa, birgina Andijon viloyatining o‘zida 50 ga yaqin masjid o‘zini o‘zi qoplay olmaydi. Yurtimizning chekka tuman va qishloqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan, daromadi yo‘q masjidlarda ishlayotgan axli ilm-u imomlarning holini ham o‘ylashimi kerakmi axir?

“Masjidga pul qolmayapti, qorovullar, hovli supuruvchilarga pul bera olmayapmiz”, deya dunyoni boshiga kiyayotganlar masalaning mana shu tomonini taroziga solib ko‘rishsa, adolatdan bo‘lar edi. Axir ularga birov “Oylik-maosh berma!” deb taqiq qo‘yayotgani yo‘q. Aytmoqchimizki, ayni paytda xodimlarga oylik maosh ajratish bilan bog‘liq jihatlar mehnat qonunchiligiga ham, masjid nizomiga ham to‘la mos tushadi.

Masjiddan tushayotgan tushumlar “Vaqf”ga o‘tkazilayotgan bo‘lsa, yuqorida aytganimizdek, buning ortidan qanchadan-qancha nochor imomlar, nochor oilalarning qozoni qaynamoqda. Ayni chog‘da mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan otinoyilarni oylik maosh bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqdaki, faqat o‘z nafsinigina o‘ylaydigan ayrim “domullo”lar bu xayrli harakatdan boxabar bo‘lsalar, zarar qilmasdi.

Ta’kidlash lozimki avvalgi yillarda masjidlardan tushgan tushumlarning 75 foizi O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan masjidlarga oylik maosh va boshqa xarajatlar uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ishlar “Vaqf” fondi orqali amalga oshirilmoqda.

Shu yil 26-27 yanvar kunlari “Vaqf” fondi tomonidan Andijon viloyatidagi 600 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘rish va eshitishda hamda xarakatida nuqsoni bor yurtdoshlarimizga qariyb 100 million so‘mdan ziyod moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Fondning viloyat filiali Zakot, fitr va fidya uchun ochilgan hisob raqamiga tushgan mablag‘lar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga berib borildiki, moddiy yordam olganlarning barchasini nomma-nom sanash “O‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin” degan aqidaga to‘g‘ri kelmasa kerak?! 

Umuman, fond faoliyati shariat belgilab bergan talablar asosida olib borilayotganligini ahli mo‘minlar ko‘rib bilib turibdi. Biroq bu holat birovlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan, o‘zini musulmon deb bilgan ayrim kimsalarga yoqmayotganligi ajablanarli hol.

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari o‘zining purma’no hikmatlarida shunday deydilar: “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, illat izlaganga illatdir dunyo”. Bu yorug‘ dunyoda hikmat izlaganga ne yetsin! Xulosa esa sizdan.

 

Nurillo Qodirov, Ӯzbekiston musulmonlar idorasining

Andijon viloyati vakilligi xodimi

 

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.