Valyuta birjasida rubl va so‘mda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo amalga oshiriladi

Valyuta birjasida rubl va so‘mda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo amalga oshiriladi

Rossiya banklari ichida birinchi bo‘lib, Roseksimbank O‘zbekiston xalq bankida hisob raqamini ochdi. Dastlabki to‘lovlar va rublning so‘mga konvertasiyasi bo‘yicha ilk kelishuvlar ham amalga oshirilgan. Bu haqda «VEB.RF» Rossiya davlat korporasiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan konferensiyada Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda Rossiya tashqi savdoda dollardan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Xususan, Turkiya, Xitoy va Hindistonning yirik savdo tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitoblar milliy valyutalarga o‘tmoqda. 

Shuningdek, Rossiyaning yirik gaz va neft eksportchilari dollardan yevroga o‘tgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!