Rasmiy Parij Burkina-Faso va Malidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqdi. Burkina-Faso hukumati yaqinda Fransiyaning “Le Monde” va “Liberation” gazetalarining ikki muxbirini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. O‘tgan hafta “France 24”, bir necha oy avval “Frans Internationale” radiosi o‘chirilgan.
2018 yildan beri fransuz qo‘shinlari kontingenti Burkina-Fasoda bo‘lib turibdi. Ular o‘z oldiga diniy guruhlarga qarshi kurashni maqsad qilgani esa g‘azab va tushunmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Shu fonda Fransiya o‘z qo‘shinlarini Burkina-Fasodan, shuningdek, Malidan olib chiqib ketdi. “Das Erste” nashri ta’kidlaganidek, Vagner XHK allaqachon Mali va Burkina-Fasoda ishlamoqda.
Nashrga ko‘ra, ko‘plab Afrika davlatlari Rossiyadan yordam olishga intilmoqda. “Afrika bizga qarshi ko‘tarilmoqda. Ko‘pchilik bizning g‘amxo‘rligimizga muhtoj. Bu davlatlarni betaraf deb hisoblaganlar adashadi. Ular hozirda Rossiya tomonidan xizmat qilayotgan jahon siyosatining dastagidir”, — deya Fransiya sobiq tashqi ishlar vaziri Dominik de Vilpen so‘zlarini keltiradi manba.
Aytilishicha, Rossiya va Xitoy Afrikada infratuzilma loyihalarini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, qit’ada G‘arbga qarshi tashviqot olib borilmoqda. Marokashlik siyosatshunos Rahid Toutu fikricha, sobiq fransuz mustamlakalarining hech biri sezilarli rivojlanishga erishmagan. U Fransiyaning Marokash iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasining izchil kamayib borayotganiga e’tibor qaratgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.