Uzoq umr ko‘rish uchun qanday ovqatlanish kerak?

Uzoq umr ko‘rish uchun qanday ovqatlanish kerak?

O‘rta yer dengizi mahsulotlari parhezi 65 yoshdan oshgan odamlarda erta o‘lim xavfini kamaytiradi.

Bunday xulosaga Ispaniyaning Barselona universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlari natijasi asos bo‘ldi. Olimlar 20 yil davomida 65 yoshdan oshgan 642 nafar ko‘ngillining hayot tarzini kuzatib borishdi. Ishtirokchilarning ovqatlanishini baholash uchun tadqiqotchilar peshob va qondagi polifenollar, selen, B12 vitamini, yog‘ kislotalari va boshqa moddalar miqdorini o‘lchab borishdi.

Tadqiqot davomida 425 ishtirokchi vafot etdi. Ulardan 139 nafari yurak-qon tomir, 89 nafari saraton kasalligidan hayotdan ko‘z yumdi. Bundan tashqari, O‘rta yer dengizi parheziga qat’iy rioya qilgan ishtirokchilarda, barcha sabablarga ko‘ra o‘lim xavfi past bo‘lgan.

Olimlar avvalroq O‘rta yer dengizi parhezining uzoq umr ko‘rish va umumiy salomatlik uchun foydasi haqida ma’lumot berishgan edi. Biroq, o‘shanda bu fikrlar asosan hisobotlarga asoslangan edi. Bu safar esa uning foydasi ob’ektiv baholandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!