Reuters xabar berishicha, Hindiston Rossiya bilan mudofaa sohasidagi munosabatlarini qayta shakllantirmoqda. Bu jarayon doirasida Dehli tayyor qurollarni sotib olishni qisman kamaytirib, ularning qo‘shma ishlanmalar va qo‘shma ishlab chiqarishga o‘tishni ko‘zlamoqda.
Nashr ta’kidlashicha, bunday strategiya premyer-ministr Narendra Modining g‘arb mudofaa kompaniyalari ishtirokida mamlakatni yirik ishlab chiqarish markaziga aylantirish rejalariga zarba berishi mumkin. Biroq Donald Trampning keskin tashqi siyosati Modini Kreml bilan yaqinlashishga undagan.
29–30 oktyabr kunlari Ukrainadagi urush boshlanganidan beri birinchi marta Hindiston mudofaa sanoati delegasiyasi Rossiyaga tashrif buyurdi. Reuters bilan suhbatlashgan uch manbaga ko‘ra, delegasiya tarkibida bir qator yetakchi qurol ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan.
Uchrashuvlarda xususiy va davlat mudofaa kompaniyalari va harbiy dronlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi startaplar ishtirok etgan.
Muzokaralarning asosiy maqsadi
Tomonlar qo‘shma korxonalar yaratish masalasini muhokama qilgan. Jumladan:
MiG-29 uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish,
Rossiyaning PVO tizimlari uchun komponentlar,
Rossiyaning taklifi — Hindistonda harbiy texnika uchun ishlab chiqarish quvvatlari yaratish va kelgusida bu mahsulotlarni Rossiyaga ham eksport qilish imkoni.
Shundan so‘ng Vladimir Putinning Hindistonga safari davomida tomonlar hamkorlikni “ilg‘or mudofaa texnologiyalari va mudofaa tizimlarining qo‘shma ishlanmalari va ishlab chiqarilishini kengaytirish”ga qaratilganini ma’lum qildi. Bu Hindistonning harbiy sohada o‘zini o‘zi ta’minlash darajasini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Moskvadagi muzokaralarda quyidagilar ishtirok etgan:
Bharat Forge (Kalyani Group tarkibida) top-menejeri — u tanklar, samolyotlar va vertolyotlar uchun qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qilgan.
Adani Defence and Aerospace rahbari Ashiysh Radjvanshi.
Hindiston qurol ishlab chiqaruvchilari jamiyati rahbarlaridan biri.
Biroq Adani Group vakili kompaniya rahbarlari uchrashuvlarda qatnashgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Hindiston Mudofaa vazirligi (uchrashuvlarda harbiy ishlab chiqarish uchun mas’ul Sanjiv Kumar ishtirok etgani aytilgan) Reutersning izoh so‘rovlariga javob bermadi.
Hindiston mudofaa kompaniyalari Rossiya bilan yangi bitimlarga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda — chunki ikkilamchi sanksiyalar xavfi bor. Reuters ta’kidlashicha, Moskva bilan hamkorlikni chuqurlashtirish g‘arb kompaniyalari bilan loyihalarni sekinlashtirishi mumkin.
Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra:
2009–2013 yillarda Hindiston qurol-yarog‘ importining 76% Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019–2023 yillarda bu ko‘rsatkich "36%"gacha tushgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
“Манчестер Сити” раҳбарияти жамоанинг ўнг қанот ҳимоясига барибир янги ижрочи олиш керак, деган хулосага қайтди. Айни пайтда клуб скаутлар бир неча номзодни кузатув остига олган.
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
АҚШ Мудофаа вазирлиги бир йилдан ортиқ вақтдан бери махфий операция орқали сотиб олинган қурилмани ўрганмоқда. Айрим мутахассисларнинг фикрича, мазкур қурилма АҚШ разведка ходимлари, дипломатлари ва ҳарбийларида кузатилган “Гавана синдроми” деб аталувчи соғлиқдаги номаълум муаммоларга сабаб бўлиши мумкин.
Бухорода йирик қарздорлик бўйича суд қарорига бепарво қараб келган Бухоро тумани ҳокимлигига тегишли Cobalt русумли хизмат автомашинаси жарима майдончасига олиб қўйилди.
АҚШ президенти Дональд Трамп Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида эронликларни норозилик акцияларини давом эттиришга чақириб, намойишчиларга нисбатан зўравонлик тўхтамагунча Эрон расмийлари билан барча учрашувларни бекор қилганини билдирди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.