Janubiy Afrika Respublikasida Freestyle Chess Grand Slam musobaqasi yakuniga yetdi.
Mukofot jamg‘armasi 660 ming dollar bo‘lgan turnirda dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi ishtirok etdi. Javohir Sindorov (O‘zbekiston), Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSh), Vinsent Keymer (Germaniya), Arjun Erigaisi (Hindiston), Levon Aronyan (AQSh), Xans Niemann (AQSh), Parham Maksudlu (Eron) ham ushbu turnirda bosh sovrin uchun kurash olib bordi.
Bugun, 11 dekabr kuni turnirning 3-o‘rin uchun va final bahslari o‘tkazildi. O‘zbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, 2025-yilgi Jahon Kubogi g‘olibi Javohir Sindorov dunyoning to‘rtinchi raqamli grossmeysteri Vinsent Keymerga qarshi dona surib, har ikkala partiyadan imkoniyatni boy berdi va musobaqada 4-o‘rinni egalladi.
Sindorov 8 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘argan holda saralash bosqichida 1-o‘rinni egallagan edi. Turnir reglamentiga ko‘ra, dastlabki uch o‘rinni egallagan shaxmatchi pley-offda o‘ziga raqib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Saralash bosqichi g‘olibi bo‘lgan Javohir saralashda oxirgi o‘rinni egallagan Parham Maksudluni raqib sifatida tanlagan edi. Yarim finalda esa dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov saralash bosqichidagi rapid bahsida Magnus Karlsen va Fabiano Karuana ustidan zafar quchgan edi.
Musobaqada 4-o‘rinni egallagan Sindorov 60 ming AQSh dollari bilan taqdirlandi. Musobaqa g‘olibi Levon Aronyan 200 ming, 2-o‘rin sohibi Magnus Karlsen 120 ming va 3-o‘rin egasi Vinsent Keymer 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov 13–24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkaziladigan Tech Mahendra xalqaro shaxmat ligasi turnirida ishtirok etadi. U mukofot jamg‘armasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada Vishvanatan Anand boshchiligidagi “Ganga grossmeysterlari” jamoasi tarkibida bahslarga kirishadi. Uning bugungi raqibi Vinsent Keymer ham shu jamoa tarkibiga kiritilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.