«O‘zmetkombinat» o‘z xodimlari qo‘lga olingani va o‘g‘irliklar aniqlangani haqidagi xabarlarni inkor qildi

«O‘zmetkombinat» o‘z xodimlari qo‘lga olingani va o‘g‘irliklar aniqlangani haqidagi xabarlarni inkor qildi

O‘zmetkombinat AJ qator elektron ommaviy axborot vositalarida kompaniya xodimlari qo‘lga olingani hamda o‘g‘irlik va rastrata aniqlangani haqida e’lon qilingan xabarlarga raddiya berdi. Bu haqda jamiyat va SFI Management Group qo‘shma bayonotiga tayanib, Davletovuz Telegram-kanalida xabar berildi.

Maqolalarda iddao qilinishicha, kombinatning xaridlar bo‘yicha menejeri 2019 yilning yanvarida katta miqdorda o‘g‘irlash va rastrata aybi bilan ishdan bo‘shatilgan. Bu fakt yolg‘ondir. Xaridlar boshqarmasi boshlig‘i Otabek Rasulov hali ham avvalgi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kombinat va ishonchli boshqaruvga janob Rasulov huquqbuzarliklar sodir etgani to‘g‘risida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan biror-bir fakt, murojaat yoki ma’lumot kelib tushmagan , deyiladi press-relizda.

Prokuratura organlari tomonidan rastrata va talon-toroj fakti bo‘yicha jinoiy ish ochilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bayonotda aytilishicha, kombinatning sobiq xodimlari, ya’ni ishonchli boshqaruvga o‘tgunga qadar bo‘lgan xodimlarga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda. Yangi boshqaruvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilmagan.

Bayonotda, shuningdek, SFI Management Group Alisher Usmonov bilan affillanmaganligi uqtirilgan. Bu haqda Alisher Usmonov Forbes jurnaliga bergan intervyusida ham batafsil javob bergan, deyiladi bayonotda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!