Uzcard tizimi ishdan chiqishi O‘zbekistondagi savdolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Uzcard tizimi ishdan chiqishi O‘zbekistondagi savdolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda

16 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, Uzcard banklararo to‘lov tizimi ishdan chiqqanligicha qolmoqda. Uning serverlarida jiddiy xato yuzaga kelganiga 15 soatdan ko‘proq vaqt bo‘ldi.

Natijada, aholining so‘m plastik kartochkalaridan foydalanish imkoniyati yo‘qolgan. Kecha kechki paytdan boshlab savdo shahobchalari terminal bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilmay qo‘ygan, kartochka orqali onlayn tovar va xizmatlarni sotib olishning ham imkoni yo‘q. Masalan, PayMe onlayn to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirayotgan paytda tizim plastik kartaning serveri ishlamayotgani haqidagi ogohlantirishni ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uzcard tizimi Yagona umumrespublika prosessing markaziga tegishli bo‘lib, mamlakatning barcha banklari so‘m plastik kartalari faoliyatini boshqaradi.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!