“O‘zbekneftgaz”: Elektr tarmoqlarida elektr ta’minotining uzilishi natijasida tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to‘xtadi
Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 07:15 da “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish ob’ektlarini ta’minlab turgan “SHGKM 220/110/6 kV” podstansiyasidan chiquvchi “Kimyo-1” 110 kV havo elektr uzatish tarmog‘ida elektr energiyasining qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘ldi.
Buning natijasida, jamiyat tasarrufidagi “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli 1-sonli “Sho‘rtan” (Betman) siquv kompressor stansiyasidagi 100 va 200-sonli gaz haydash agregatlari, 2-sonli “Sho‘rtan” (KMPO) siquv kompressor stansiyasidagi 200 va 500-sonli gaz haydash agregatlari, “Shimoliy Nishon” siquv kompressor stansiyasidagi 100, 200, 300 va 400-sonli gaz haydash agregatlari va “Sho‘rtan” bosh inshoatida joylashgan tovar gazni magistaral gaz quvurlariga haydash uchun mo‘ljallangan siquv kompressor stansiyasidagi 300-sonli gaz haydash agregati (jami 9 ta gaz haydash agregatlari), hamda 1-sonli “Propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi” me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi.
Ushbu holat, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” tomonidan qazib va ishlab chiqarilayotgan uglevodorodlar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, soatiga 400-500 ming kub metr tabiiy gaz 40 tonna gaz kondensati, 25 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari qazib va ishlab chiqarilmasligiga olib keldi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gaz haydash agregatlari to‘xtab turish vaqtida, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” tomonidan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” va “Uzbekistan GTL” MCHJ zavodlariga yetkazib berilayotgan xomashyo gazi bir maromda yetkazib berish orqali, ushbu zavodlarni avariyaviy holatda to‘xtab qolishi oldi olindi.
Elektr ta’minoti qayta tiklangandan so‘ng, boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’yi harakatlari natijasida, to‘xtab turgan gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalar birin-ketin reglament asosida ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Hozirda texnologik qurilmalarni to‘liq ish rejimida ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda va “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Avariyaviy holatni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda va bugunning o‘zida qurilmalarning me’riy ish rejimi tiklanishiga erishish choralari ko‘rilmoqda.
“O‘zbekneftgaz”AJ Matbuot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Россия президенти Владимир Путин, шунингдек, Хитой ва Шимолий Корея етакчилари Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин ҳеч қачон АҚШга қарши “фитна” қилишни ўйламаган. Бу ҳақда Россия президенти ёрдамчиси Юрий Ушаков Оқ уй раҳбари Доналд Трампнинг айбловларига изоҳ бериб, маълум қилди.
Ҳолат юзасидан, Узун тумани ИИБ ҳузуридаги Тергов гуруҳи томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 126 прим 1-моддаси 7-қисми “а”, “е” бандлари билан жиноят иши қўзғатилиб, гумонланувчи Ш.А. процессуал тартибда қамоққа олинган, шунингдек ишга алоқадор бўлган хонадонда яшовчи бошқа фуқаролар ҳам терговга жалб қилиниб, бир нафарига нисбатан “Қидирув” эълон қилинган.
Исроил армияси томонидан қамал қилинган Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида яна олти нафар фаластинлик, жумладан бир бола очлик ва ўткир тўйиб овқатланмасликдан ҳалок бўлди.
UNICEF вакили Тесс Инграм Ғазо шаҳрида очарчилик тарқалиши хавфи ҳақида огоҳлантириб, аҳоли фарзандлари учун озиқ-овқат топиш учун изтироб билан курашаётганини таъкидлади ва вазиятни “мутлақ фалокат” деб баҳолади.
Ғазо секторига уюштирилган ҳужумларда қатнашган Исроил армиясига қарашли Голани бригадасининг бир аскари мамлакат шимолидаги ҳарбий база ҳудудида ўлик ҳолда топилди.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва ички ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда мазкур ер майдонидан жами 247 туп каннабис ўсимлиги ва 27 кг 708 гр марихуана ашёвий далил сифатида олинди.
Янги тадқиқотга кўра, тропик ҳудудларда ўрмонларни кесиш натижасида ҳосил бўлган иссиқлик билан боғлиқ касалликлар сўнгги 20 йилда ярим миллиондан ортиқ инсоннинг ҳаётига зомин бўлган.