O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksporti tahlil qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tahlil qildi.
2023-yilning yanvar-avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 763,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 246,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 16,7 foiz ko‘p, demakdir.
Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin) – 8,8 foiz, gilos – 6,9 foiz, piyoz – 6,9 foiz, uzum – 6,1 foiz, mayiz – 5,5 foiz, o‘rik – 4,3 foiz, qovun va tarvuz – 4,8 foiz, pomidor – 3,3 foiz egalladi.
2023-yilning yanvar-avgust oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,6 foizni tashkil etgan.
Rossiya (42,0 foiz), Pokiston (15,4 foiz), Qozog‘iston (12,1 foiz), Qirg‘iziston (8,4 foiz), Xitoy (8,3), Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,6 foiz), Afg‘oniston (1,3 foiz), Eron (0,9 foiz), Iroq (0,9 foiz) O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlaridir.