O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi

Qadamboy Sultonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Qadamboy Sultonov 7 oktyabr, dushanba kuni Toshkentdan Rigaga jo‘nab ketdi.

Ayni paytda investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan Badriddin Obidov 2018 yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar O‘zbekistonning Latviydagi elchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr, seshanba kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Said Rustamov Londonga jo‘nab ketdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!