Qurolli Kuchlar tizimida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi
“Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 07.04.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026 yildan boshlab har yili quyidagilar o‘rtasida alohida-alohida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqichda o‘tkaziladi:
▫️ muddatli harbiy xizmatchilar;
▫️ kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
▫️ oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari (kursantlar);
▫️ harbiy-akademik liseylar o‘quvchilari (o‘quvchilar).
📝 Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda o‘quvchilari orasidan:
🚘 1-o‘rinni egallagan 4 nafar g‘olibning har biri Oliy Bosh qo‘mondonning bosh sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;
💰 2-o‘rinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 100 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;
💸 3-o‘rinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 70 barobari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.
⏳ Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati rag‘batlantirish tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.
