Istanbulda kamida to‘qqiz nafar turk shou-biznesi yulduzlari ushlandi
Istanbulda giyohvand moddalarga qarshi operasiya davomida turk shou-biznesi va kinosining kamida to‘qqiz nafar taniqli namoyandasi hibsga olingan.
Hibsga olinganlar orasida aktyor Ibrahim Chelikkol, pop qo‘shiqchilari Bengi, Simge Sagin, Melek Mosso va Mustafa Cejdeli, modeler Sipahi Hajisileymanog‘lu va prodyuser Ilkay Senjan bor.
Turkiyada, asosan Istanbulda, giyohvand moddalarga qarshi yirik operasiyalar 2025 yil oktyabr oyidan beri davom etmoqda.
Istanbul prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra, tergov «jamoat axloqi va oilaviy qadriyatlarni himoya qilishga» qaratilgan. Gumondorlar giyohvand moddalarni noqonuniy saqlash yoki iste’mol qilish, shuningdek, ularni iste’mol qilish uchun sharoit yaratishda tergov qilinmoqda.
24 mart kuni Istanbul prokuraturasi aktrisa Handa Erchelni hibsga olish orderini chiqardi. Mahalliy amaliyotda bunday chora so‘roq qilish va tergov harakatlarini o‘z ichiga oladi. Oy oxirida aktrisa mamlakatga yetib keldi, ko‘rsatma berdi va soch va qon namunalarini Sud-tibbiyot institutiga topshirdi.
«Beshiktosh» va «Galatasaroy» futbol klublarining sobiq prezidentlari Fikret Orman hamda Burak Elmasni o‘z ichiga olgan yana 15 kishiga nisbatan qamoqqa olish to‘g‘risida order berildi.
