ECHL. "Real Madrid" - "Bavariya" bahsi uchun tarkiblar e’lon qilindi
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasidagi markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
"Santyago Bernabeu" stadionida Madridning "Real" jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubini qabul qiladi.
Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:
"Real": Lunin, Aleksander-Arnold, Ryudiger, Xyoysen, Karreras, Valverde, Pitarch, Tchuameni, Gyuler, Mbappe, Vinisius Junior.
"Bavariya": Noyer, Laymer, Ta, Yupamekano, Stanishich, Pavlovich, Kimmix, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.
Madriddagi bahsdan so‘ng jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi "Arena Myunxen" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan. Bahsni angliyalik Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
