O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi aniq bo‘ldimi?

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi aniq bo‘ldimi?

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30 noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (Visshaya shkola ekonomiki) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma’lum qildi.

«Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VSHE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirishini tasdiqladi. Undan tashqari talabalarga kelayotgan ta’tilda O‘zbekistonga borishni tavsiya qildi va O‘zbekiston turistik jihatdan nihoyatda qiziqligi va mehmondo‘stligini aytib o‘tdi. Hozirda muzokaralar O‘zbekiston davlat korxonalariga Yevroosiyo ittifoqiga kirishdagi imtiyozlar haqida bo‘layotganini va bu masalada kelishuv albatta bo‘lishi haqida aytdi.

Aytish joizki, Oreshkin hozirda Rossiya va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kommisiyasining Rossiya tarafidan rahbari hisoblanadi.

Boshqa juda ishonchli manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqiga kirishi 2020 yilning kuzida, Toshkentdagi MDH davlatlari sammitida e’lon qilinar ekan», deyiladi iqtisodchi Behzod Hoshimovning telegramdagi kanalida.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!