Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etmoqchi

A A A
Britaniya Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etmoqchi

Birlashgan Qirollik hukumati Isroil G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga uringan taqdirda unga qarshi qo‘llaniladigan yangi sanksiyalarni ishlab chiqmoqda, deb xabar berdi The Sunday Times nashri.

Gazetaning ma’lumot berishicha, Britaniyaning qator vazirliklariga Isroilning bunday xatti-harakatiga nisbatan "asosli" cheklovlar o‘ylab topish topshirig‘i berilgan. Xususan, mudofaa vazirligi isroillik harbiylarning Buyuk Britaniya hududidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, shu bilan birga Britaniya tashqi ishlar vazirligi Binyamin Netanyaxu hukumatiga G‘azoni istilo qilish mumkin emasligini ko‘rsatib qo‘yuvchi "turli ehtimoliy sanksiyalarni tahlil qilmoqda".

Iyun oyida London Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Isroil bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘ygandi.

Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi Netanyaxuning G‘azo shahrini to‘liq nazoratga olig rejasini ma’qullagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича,