O‘zbekistonning 11 hududida yana koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonning 11 hududida yana koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

2020 yil 20 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 737 (+130) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 20 nafari Namangan viloyatida, 
— 16 nafari Toshkent shahrida, 
— 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 
— 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 
— 12 nafari Samarqand viloyatida, 
— 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 
— 11 nafari Jizzax viloyatida, 
— 10 nafari Andijon viloyatida, 
— 7 nafari Xorazm viloyatida,
— 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
— 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 60 717 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 2 487 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!