O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirishida tekshiruvlar ko‘paygani aytilmoqda. Elchixona holatni nazoratga olgan

O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirishida tekshiruvlar ko‘paygani aytilmoqda. Elchixona holatni nazoratga olgan

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda elchixona Call-markaziga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetevo xalqaro aeroportida tranzit orqali o‘tishda aeroport xodimlari tomonidan uzoq va haddan tashqari ko‘p tekshiruvlar o‘tkazilayotgani yuzasidan ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi.

“Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo‘limi Sheremetevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!