O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qirg‘iziston iqtisodiyotiga 70 million dollardan ortiq sarmoya kiritishga tayyor

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qirg‘iziston iqtisodiyotiga 70 million dollardan ortiq sarmoya kiritishga tayyor

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Milliy investisiya agentligi ma’lum qildi.

Yig‘ilishda investisiya masalasi agentlik rahbari Umbriyel Temiraliyev va O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov tomonidan muhokama qilindi.

Temiraliyev O‘zbekiston korxonalarida ham bo‘lib, Qirg‘iziston iqtisodiyotiga 70 million dollardan ortiq sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Hozirda mamlakatlar Qirg‘izistonda bazalt tolasi, kalsiy karbid ishlab chiqaruvchi korxonalar, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, kvarts boyitish zavodini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!