O‘zbekistonlik sportchilar Bolgariyada o‘tkazilgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichida medallarni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik sportchilar Bolgariyada o‘tkazilgan gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichida medallarni qo‘lga kiritishdi

Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon “Chellenj” kubogining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medallariga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtlarimizdan Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov brusdagi mashqda 14,233 ball bilan oltin medal sohibiga aylandi. Sport otidagi mashqda 14,500 ball jamg‘argan Abdulla Azimov esa shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Batafsil:

Brus:

1. Rasuljon Abdurahimov (O‘zbekiston) – 14.233

2. Yordan Aleksandrov (Bolgariya) – 14.233

3. Jermeyn Grunberg (Niderlandiya) – 14.066


Ot:

1. Matvey Petrov (Albaniya) – 14.800

2. Abdulla Azimov (O‘zbekiston) – 14.500

3. Artur Davtyan (Armaniston) – 14.233


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!