O‘zbekistonlik jurnalistlar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba oshirishdi

Qishloq xo‘jaligi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyotini asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Jumladan, yuqori qiymatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish hosildor yerlar ulushini talab qiladi.
Shuningdek, yaxshi hosil ko‘tarish katta miqdorda suv va ishchi kuchi mehnatini talab qiladi. Bu boradagi taraqqiyotning qator mamlakatlarda yo‘qligi esa aholining qashshoqlikda hayot kechirishiga olib kelayapti. Xususan, Afrika mamlakatlarida suv muammosi, ochiq va yopiq drenajlarni yo‘qligi yoki ulardan yetarli darajada foydalana olmaslik yerlardan kam hosil yetishtirilishiga yoki umuman ekinni qo‘rib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari xam qurg‘oqchilik tufayli mavjud ekinlardan qiyin hosil oladigan davlatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, Orol dengizini qurib borishi ushbu hududda 5 million gektar qum va tuzli maydonlarni ochilib qolishiga sabab bo‘ldi. Bu esa tuz va qumlarni shamol orqali boshqa hududlarga ko‘chishiga, pirovardida unumdor yerlarni sho‘rlanishiga sabab bo‘layapti. AQSh Davlat departamenti qoshidagi Xorij matbuot markazi va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xamda Vashingtondagi Meridian Xalqaro markazi tomonidan o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun AQShning Kaliforniya shtatiga o‘tkazilgan mediaturda bu borada fikr-almashuvlar almashilib, tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Ushbu 11 kunlik «Media Co-op - 2022» dasturida “O‘zbekiston 24” teleradiokanali, “Fermer” jurnali xamda “Qalampir.uz” sayti jurnalistlari ishtirok etib, Okeanorti mamlakatida ekologiya, qishloq xo‘jaligi va suv muammolari, shamol energetikasidan samarali foydalanish yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
Umuman, AQShga safar chog‘ida o‘zbek jurnalistlari 17 ta nodavlat tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari xamda Berklidagi Kaliforniya Universitetida bo‘lib ijodiy muloqotlar ikki tomon uchun xam manfaatli bo‘ldi. Ushbu o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida AQShda nodavlat tashkilotlari va volontyorlik guruhlari jamoatchilik nazoratini tashkil etgan holda mavjud ekologik va ijtimoiy muammolarga mahalliy hukumat e’tiborini qaratish, shu orqali muammolarni amaliy hal etish masalalari bilan birga olimlar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar atroflicha taxlil etildi. Jumladan, Climate Reality tashkilotining iqlim bo‘yicha biznes ishchi guruhi rahbari Endryu Ellis fikricha, 2017 yilda tashkil etilgan tashkilot Los-Anjeles shaxridagi eng yirik nodavlat xarakat hisoblanadi. Suv va qayta tiklanadigan energiya borasida mahalliy aholi va hukumat bilan ishlashda tashkilotimiz volontyorlarni o‘ziga birlashtirgan. Xozirda tashkilotimiz o‘z tevaragiga ona-tabiatga, atrof-muhitga mehri bo‘lakcha 700 dan ortiq a’zolarni jamlagan.
— Biz har kuni fuqarolarmiz, o‘qituvchilar, olimlar, faollar, rassomlar, ijodkorlar umuman barcha ko‘ngillilar bilan Iqlim o‘zgarishini kelib chiqishi va oqibatlari xamda uni qanday hal qilishimiz bo‘yicha fikr-almashuvlar o‘tkazamiz. Shuningdek, ekologiyani o‘nglash hamda qishloq xo‘jaligi jabhasida sifatli mahsulot yetishtirishda dehqon, fermerlarga qanday ko‘mak berishni muhokama etamiz. Yana boshqa maqsadlarimiz korxonalarda energiya tejamkorligini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklanadigan energiyaga o‘tish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashishdir. Bundan tashqari Los Anjelesdagi 13 gektarli Deskonsa Milliy Parki holatini yaxshilashga, flora va faunasini asrashga ham hissa qo‘shib kelayapmiz, — deydi Endryu Ellis suhbat davomida.
Communities for a Better Environment tashkiloti xodimi Bahrom Fazeli qayd etganidek, uning tashkiloti 1978-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng nufuzli ekologik xarakatdir. Mahalliy darajada ekologik muammolarni hal qilish, ayniqsa, kam ta’minlanganlar uchun ko‘pincha nomutanosib ta’sir ko‘rsatadigan jamoalar harakatini bu tashkilot samarali yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratadi.
Jumladan, Kaliforniya shtatidagida kuchli ifloslangan shaharlar havosi tashkilotni eng o‘ylantiradigan masalalardan biridir. O‘tgan 18 yil davomida tashkilot a’zolari bir qator tadqiqotlar olib borib, ijtimoiy loyihalarni rejalashtirish va turli kampaniyalar uchun texnik yordam ko‘rsatish uchun yuridik yordamlar ko‘rsatib kelayapti. Jumladan, aholi xududlarida neft qazib olishni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli harakat olib borayapmiz. Ayniqsa, neft olish jarayonida havoni ifloslantirmaslik, aholi salomatligi uchun muxofaza qo‘rg‘onini yaratish bu yo‘nalishda asosiy o‘rin tutadi.
Sierra Club – Los Angeles Chapter markazining Iqlim bo‘yicha harakatlar qo‘mitasi raisi Aura Vaskes Ma’lumotiga ko‘ra, 1892 yilda San-Fransiskoda asos solgan tashkilot 1911-yil 1-noyabrda Los-Anjelesda xam ish boshlagan. Aura Vaskes boshchiligidagi qo‘mita o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Los-Anjelesda toza havo uchun korxonalar faoliyatini o‘rganib, ularni bu boradagi kamchiliklarini tuzatishga e’tibor qaratib keladi. 2014 yil mart oyida butun shahar koalisiyasining sa’y-harakatlari bilan 2025 yildan boshlab Loj Anjeles ko‘mirsiz xudud bo‘lishi e’lon qilindi. Bu borada ayni paytda «Toza — havo» loyihasi amalga oshirilib, hamkorlari bo‘lgan dehqon, fermerlardan tortib, yirik korxona egalari bilan birga uni hayotga tadbiq etishga e’tibor qaratilayapti.
Milliy resurslarni himoya qilish kengashi National Resources Defense Council -NRDC tashkiloti xodimi Arohi Sharma qayd etganidek, Santa Monika shahridagi Tinch okeani qirg‘oqlariga yaqin manzilda faoliyat yuritib kelayotgan NRDC tashkiloti o‘simlik va hayvonlar xamda tabiatni himoya qilish uchun ishlaydigan tizimlarga egadir. Ya’ni tashkilot a’zolari regenerativ usulda qishloq xo‘jaligini rag‘batlantiradigan siyosat yuritish iqlim o‘zgarishi, tuproq unumdorligini muhofaza qilish, suvdan foydalanishni kamaytirish, biologik xilma-xillikni tiklashga yordam beradi. Tashkilotni ko‘zlagan rejalari ulkan. Bular sirasiga qishloq xo‘jaligini yuksaltirish, quyosh panellaridan rasamadi bilan foydalanish kabi yirik masalalarni ham qo‘shish mumkin.
Lyle Center for Regenerative Studies ya’ni Layl Regenerativ tadqiqotlar markazi agroekologi Jillian Gomez ta’kidlaganidek, Mazkur markaz Kaliforniya Politexnika universiteti kampusida 16 akr (6,5 ga) maydonda joylashgan bo‘lib, xodimlar o‘simliklar dunyosini o‘rganish borasida ish olib borishadi. Asosan, markaz a’zolari Regenerativ tadqiqotlar bilan band. Jumladan, uylar tomida rezavor va boshqa maxsulotlar yetishtirish bo‘yicha ish olib borilayapti. Talabalar bo‘sh vaqtlarida buyerda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Umuman, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkaziladigan markaz ochiq dalada, qalin daraxtlar bilan qoplangan so‘lim bir maskanda joylashgan. Bu yerda 10 dan ortiq turdagi turli o‘simlik hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari ustida to‘loqonli tajriba o‘tkazib borilayapti.
Sky’s the Limit Observatory ya’ni Osmon chegaraviy rasadxonasi raxbari Enn Kongdon bilan uchrashuvimizda Observatoriya bu amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazadigan notijorat tashkiloti ekanligini bilib oldik. Bu yerda Yerdagi eng kichik ob’ektlarni ko‘rish yoki ulkan displeylarni kuzatish uchun bir necha teleskoplar bor. Wonder Elektrik va Eli kompaniyalari tomonidan hadya qilingan sakkizta quyosh panellari tufayli yoritish qurilmalari va kompyuterlar muntazam ishlaydi va proyektorlar o‘zi uchun quvvat oladi. Shuningdek, buyerdagi maydonda kuyosh orbitasidagi planetalarni muntazam joylashuvi bo‘yicha 1x300000 xajmda olingan nusxasi barpo etilgan. Hudud yaqinidagi maktablar o‘quvchilari astronomiya fanlarining ochiq mashg‘ulotlarini ushbu maskanda o‘tkazishadi. Maykl Kongdon hamda Maykl Shmit kabi keksa yoshdagi volontyorlar xam ushbu rasadxonani samarali ishlashiga hissa qo‘shib kelmoqda. Maykl Kongdon o‘z so‘zida bundan 15 yillar muqaddam O‘zbekistonga borganini, Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek Observatoryasini ko‘rganini gapirib berdi. O‘zbekistondagi mexmondo‘stlik, milliy taomlarning o‘ziga xosligi unda katta taassurot qoldirganini xali xanuz eslar ekan.
Morongo Basin Conservation Association Morongo havzasini muhofaza qilish uyushmasi vakili Stiv Bardwell aytishicha Tashkilot Tabiatni muhofaza qilish va ekoturizmni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Xususan, Morongo havzasidagi cho‘lni himoya qiladi. Bu borada Aytish lozimki, Morongo havzasining iqtisodiy va ekologik ekspluatasiyasi xudud farovonligini himoya qilish va yondosh xudud aholisining manfaatlariga mos kelmaydi. Shu bois Katta Morongo havzasi deb nomlanuvchi butun hudud uchun bosh reja tuzish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Jumladan, Tashkilot tomonidan 1969 yilda aholi bilan birga Morongo xavzasida elektr uzatish tarmog‘ini qurishni to‘xtatishga erishilgan.
Center for Biological Diversity -Biologik xilma-xillik markazining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha direktori Brendan Kammings qayd etganidek, Tashkilot Tabiatni muhofaza qilish va ekoturizm soxasi rivoji yo‘lida ish yuritadi. Jamoa Biologik xilma-xillik inson farovonligini asosiy ko‘rinishi deb xisoblaydi. Chunki tabiat bilan chambarchas dunyomizda yovvoyi hayvonlarning xilma-xilligi va o‘simliklar boyligi jamiyat yutug‘idir. Ularning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik esa barchani burchidir. Shu bois ilm-fan, huquq va ommaviy axborot vositalari orqali yerlarni, suvlarni, flora va faunani himoya qilishga qaratilgan loyixalarni amalga oshiramiz. Tashkilot a’zolari Qonun loyixalarini takomillashtirish bo‘yicha yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar to‘g‘risidagi o‘nlab takliflarni ilgari surib, Dengiz sutemizuvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, Toza suv qonuni va boshqa ko‘plab shtat va federal nizomlarni qabul qilishda faollik ko‘rsatdi. Brenden Kammingisni tabiat qo‘riqchisi sifatida xayotida uchragan hodisalar va xudud tarixiga oid qator misollar keltirdi.
Marin Agricultural Land Trust- Marin qishloq xo‘jaligi yerlari tresti xodimi SKOT DINBAR Ma’lumotiga ko‘ra, 1980 yilda ikki ayol - chorvador Ellen Straus va botanik Fillis Faber oilaviy fermalarni himoya qilish uchun mahalliy chorvadorlar va tabiatni muhofaza qiluvchilarni birlashtirib, ushbu trestga asos solgan. Tashkilot Qishloq xo‘jaligida suv muammolari, urug‘chilik va ekinlarni almashlab ekishni targ‘ib etish bilan shug‘ullanishni bosh maqsad qilgan. O‘tgan yillar davomida tashkilot Marin okrugida 55 ming akrdan ortiq maydonni himoya qilib, sarmoya kiritilishiga erishdi. Jumladan, tuproq unumdorligini yaxshilash, suv sifatini himoya qilish va ko‘paytirishga qaratilgan loyihalarga 1,8 million dollardan ortiq mablag‘ ajratildi. Bu loyixalar asosida 13 ta chuchuk suv buloqlari qayta qurildi, 61 350 fut sug‘orish quvurlari o‘rnatildi. 46 ta suv saqlash idishi o‘rnatildi, jami bu idishlarda 169 300 gallonmiqdorida suv saqlanadi. Shuningdek, o‘rnatilgan 20 ta suv nasoslarining ko‘pchiligi quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Marin okrugidagi barcha fermerlar va fermerlar grant olish huquqiga ega. Uzoq muddatli suv infratuzilmasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 15 000 dollar olishlari mumkin. 2022 yil aprel oyida Tashkilot Kengashi moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 250 000 dollar ajratishni ma’qulladi. yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatish uchun DRAWS uchun jami 750 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi.
Fibershed Fibershed kompaniyasi asoschisi Rebekka Burgess bilan uchrashuvimiz xam qiziq o‘tdi. Uning Ma’lumotiga ko‘ra, Fibershed - bu mintaqaviy tolali tizimlarni ishlab chiqadigan notijorat tashkilot xisoblanadi. Tashkilotni faoliyati iqlimni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi, qishloq xo‘jaligiga foyda keltirish, mintaqaviy ishlab chiqarishni kengaytiruvchilar va oxirgi foydalanuvchilarni yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlab boradi. Rebekka Burgess xududda eng ko‘p sotilgan "Harvesting Color" kitobining muallifi. Kitob Fermerlar, moda sanoati va yangi to‘qimachilik iqtisodiyoti uchun 2019 yilda chop etilgan. Umuman, mazkur tashkilot paxta tolasi va qo‘y juni yetishtiruvchilar bilan uni qayta ishlovchilar o‘rtasida ilmiy asosda vositachilik ishlarini tashkil etib boradi.Shuyerda AQShda sariq, yashil va qizil paxta yetishtirilishini bilib olib, bevosita ularning xosilini ko‘rishga erishdik.
Berklidagi Kaliforniya Universiteti professori Devid Zilberman bilan uchrashuvimiz uning uyida tashkil etildi. Professor qayd etganidek, Universitetning qishloq xo‘jaligi va resurslar iqtisodiyoti fakulteti dunyodagi qishloq xo‘jaligi va resurs iqtisodiyoti bo‘yicha eng yuqori darajali dasturlar asosida dars o‘tilishiga erishib kelmoqda. Xususan, Fakultet professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalari Global oziq-ovqat ishlab chiqarish, Oziqlanish va salomatlik, Rivojlanish iqtisodiyoti, Iqlim o‘zgarishi, Atrof-muhit iqtisodiyoti, Amaliy ekonometriya, Siyosatni baholash, Energiya iqtisodiyoti, Tabiiy resurslar iqtisodiyoti xamda Xalqaro savdo yo‘nalishlarida ilg‘or tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, Universitet olimlari Atrof-muhit iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi. Talabalar atrof-muhit muammolariga qo‘llaniladigan mikroiqtisodiyot asoslarini o‘rganadi; tabiiy resurslar va xalqaro rivojlanish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishadi. Professor Devid Zilberman qishloq xo‘jaligi va resurs iqtisodiyoti bo‘yicha ko‘plab kitoblar yozib, professional jurnallarda maqolalar chiqargan.
Clean Water Action -Toza suv aksiyasi markazi vakili Ngodoo Atume bilan uchrashuvimizda qayd etilganidek, Tashkilot 1972 yilda muhim toza suv qonunini qabul qilish kampaniyasi davomida tashkil etilgan xamda toza suv orqali sog‘liqni saqlash va atrof-muhit muhofazasiga erishishni maqsad qilgan. Asosiy shiori atrof-muhitni, salomatligini, iqtisodiy farovonligini va jamiyatning hayot sifatini himoya qilishdir. Tashkilot kuchli boshlang‘ich guruhlarga ega bo‘lib, atrof-muhit va jamiyat muammolarini hal qilishdan ularning a’zolari kuchidan foydalanadi. Xususan, Ngodoo Atume - Oklend shtatidagi ushbu tashkilotning suv siyosati bo‘yicha tahlilchisi sifatida, yer osti suvlarini boshqarish va nitrat ifloslanishini nazorat qilishda katta kuchga ega. Xozirda tashkilot a’zolari Barqaror yer osti suvlarini boshqarish to‘g‘risidagi qonunni amalga oshirish xamda, Markaziy vodiyning sho‘rlanishi oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha ish yuritmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda Kaliforniya shtatida bir yarim mingga yaqin quduqlar qurib qolgan, 800 ga yaqin aholi punktlari aholisiga toza ichimlik suvi mahalliy Xukumat va qator tashkilotlar ko‘magida beg‘araz yetkazib berilmoqda.
SIZBAY-Sizbay kompaniyasi direktori Ketrin Fransuz aytishicha San Xose shahrida faoliyat olib borayotgan tashkilot tuproq unumdorligini tiklash va mikroblardan foydalanadigan bioinnovasion kompaniya xisoblanadi. Kompaniya yerlarni unumdorligini oshirish va chiqindi suvni foydali suvga aylantirish bo‘yicha innovasion g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etib boradi. Ko‘p yillar davomida kompaniya ifloslanish ekotizimlarga qanday ta’sir qilishini va ifloslangan organizmlarni qanday yaxshilaydigan mikrob moddalarni yaratish bo‘yicha ish olib borgan. Dastlabki ish bakteriyalar va o‘simliklarni rivojlantirishga qaratilgan edi va unda xom neftni tezda parchalashga erishilgan. Kompaniya jamoasi asosan biologlardan iborat, genetik muhandislar, kimyogarlar, ekologlar xam faoliyat ko‘rsatadi. Silikon vodiysida asos solingan Gisbay kompaniyasi qisqa vaqt ichida 11 ta davlatga kirib bora oldi. Jumladan, Hindiston, AQSH, Singapurlik fermerlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya Bir nechta universitetlarning olimlari va tadqiqotchilari bilan hamkorlik qilib, xamkor davlatlardagi tadqiqot markazlarida kompaniya mahsulotlarini mijozlarga taqdim etib keladi. Ma’lum birikmalar asosida olingan tabiiy mikroblar tuproqning tirikligini ta’minlaydi. O‘n yillik tadqiqotlar natijasida, tuproqni yoshartirishga yordam beradigan noyob mikrobial profillarni olishga erishilgani olimlar tarafidan e’tirof etilmoqda. Bu yutuqlar mikroblar davrining boshlanishi va mikroblarni optimallashtirishni davom ettirish orqali ekinlarga solinadigan kimyoviy o‘g‘itlar, gerbisidlar va pestisidlarni sezilarli darajada kamaytirishga erishilmoqda.
Alemany Farm-Alemany fermer xo‘jaligi asoschilaridan bo‘lgan Jon Stokes bilan uchrashuvimiz xam samarali bo‘ldi. San Fransiskoning janubi-sharqidagi 3,5 akr maydonda joylashgan Alemany Farm fermer xo‘jaligi Organik ferma xisoblanib, unda ekotizimdagi qator yo‘nalishlarda ta’lim dasturlari xam amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligida 10 ga yaqin turdagi rezavorlar, sabzavotlar xamda mevalar yetishtiriladi. Yetishtirilgan xosillar extiyojmand oilalarga xamda xo‘jalikda ishlayotganlarga bepul tarqatiladi. Buyerda Bolalar va kattalarni ekologik bilimini oshirish, bog‘dorchilik sirlar, ekinlarni ekish, parvarishlash xamda xosilni yig‘ib olish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirilib, amaliy ishlarda qatnashishga ruxsat beriladi. Fermer xo‘jaligida kichik teplisa xam mavjud bo‘lib, uyerda urug‘dan ko‘chat olish yo‘lga qo‘yilgan. Fermer xo‘jaligida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Umuman, Ekolog Devid Brauyer tomonidan asos solingan fermer xo‘jalikda 30 yildan ortiq vaqt mobaynida 75 dan ortiq loyihalar amalga oshirilib, ularga moliyaviy homiylik ishlari ko‘rsatib kelinadi.
Yosemit milliy bog‘i jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimi va park matbuot kotibi Skott Gediman bilan uchrashuvga bir soatlar kechikib bordik. Chunki tog‘ yo‘lida xarakatlangan avtomashinamiz yo‘l chetidagi qorga botib qoldi. 4 kishilik guruximiz sa’y-xarakati orqali yarim soatdan oshiq vaqtda mashinani yo‘lni o‘rtasiga chiqarib oldik va manzilga yo‘l oldik. Skott Gediman ta’kidlaganidek, qariyb 4 ming metr balandlikda joylashgan va 300 ming akrdan ortiq joyni egallagan Yosimeti Milliy Parki ilk marta 1864 yilda muxofazaga olingan. 1890 yildan buyon milliy qo‘riqxona sifatida muhofaza etiladigan Yosemit milliy bog‘i tog‘lari, noyob tabiati, qoyalari, sekvoyya kabi gigant daraxtlari, sharshara, daryolari, ayiq, tog‘ sheri, lochinlari bilan mashhur. Shuningdek, qariyb 1200 kvadrat milyani o‘z ichiga olgan chuqur vodiylar, katta o‘tloqlar, keng cho‘l hududi keluvchilarning etiborini o‘ziga tortadi. Yosemit milliy bog‘i Kaliforniyada joylashgan Siyerra Nevada tog‘larini xam o‘z ichiga olgan. U o‘zining ulkan tunnel ko‘rinishi bilan mashhur. Baland Bridalveil sharsharasining ramziy manzarasi va El Kapitan va Yarim gumbazning granit qoyalari barchada katta taassurot qoldiradi.
Joshua Tri Milliy Parki xodimi Roddi Makkalley ma’lumotiga ko‘ra, Joshua Tree National Park — Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Kaliforniya shtatining janubiy-sharqida joylashgan milliy bog‘ bo‘lib, mazkur Parkning maydoni 3196 km kvadratni tashkil etadi. 1936 yildan - AQShning milliy yodgorligi sifatida tan olingan. 1994 yil 31 oktyabrda AQSh prezidenti Bill Klinton uni mamlakat milliy bog‘i deb e’lon qildi. Joshua Tree Park Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubi-g‘arbiy qismida, Moxave cho‘li va Sonoran cho‘lining kesishmasida joylashgan. Bog‘ning markaziy qismida joylashgan ajoyib tosh majmualari tufayli sayyohlar orasida shuhrat qozondi. Moxave cho‘li parkning shimoliy qismini egallaydi, uning hududida Yucca brevifolia ya’ni Yucca jinsidan daraxtga o‘xshash shirali - "Joshua daraxti" o‘sadi, shu bois park umumiy nomi shu daraxt nomi bilan atalgan. Bog‘ning sharqiy va janubiy qismlari kreozot butalari va sakrosh xoliya kabi o‘simliklar tufayli Sonoran cho‘lini eslatadi. Milliy bog‘da sut emizuvchilarning 57 turi, sudralib yuruvchilarning 49 turi va qushlarning 250 dan ortiq turi yashaydi. Eng ko‘p uchraydigan turlari yer sincaplari, kengurular, antilopalar, koyotlar, kaltakesaklar, qarg‘alar va boshqalardir. Bir vaqtlar Milliy Park xududida aholi punktlari bo‘lgan. Xozirda ular soni juda kam. Lekin o‘sha paytlarda aholi yashagan xonadonlar bugungi kunda asl xolicha saqlanib kelmoqda. Maxsus tabiat qo‘riqchilari ularni xavfsiz xolda tabiatdan baxra olishiga ko‘maklashib, Bog‘ning o‘ziga xos jixatlari to‘g‘risida bilimlarini oshirishga xam ko‘maklashmoqda. Umuman, Joshua Parkida 300 dan ortiq ekoturizm bo‘yicha yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, uyerlarda toza suv, xojatxona, chiqindi tashlash joylari yetarlicha mavjud qilingan. Bundan tashqari Joshua Tri Milliy Parkida sportning alpinizm turi bo‘yicha turli musobaqalar tashkil etilib, tog‘ va qoyalarga chiqish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etib boriladi. Umuman AQShning Kaliforniya shtatiga 11 kun davomida tashkil qilingan mediatur barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Abduvohid Ochilov