Bosh konsulxonaga murojaat qilayotgan fuqarolarimiz orasida Turkiyaga sayyoh bo‘lib kelib ma’lum bir muddatdan so‘ng O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lganlarning COVID-19 testlari natijalari “ijobiy” chiqayotganlar soni keskin oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi shu munosabat bilan Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarga quyidagilarni ma’lum qildi:
✔️Turkiyaning tegishli vazirlik va idoralari bayonnomalariga ko‘ra, COVID-19 kasalligidan sug‘urtalangan chet el fuqarolari tibbiyot muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu virusning yengil shakli bilan kasallangan sayyohlar 10-14 kun davomida mehmonxonalarning maxsus xonalarida saqlanadilar va xarajatlar sug‘urta hisobiga qoplanadi.
✔️Sug‘urtaga ega bo‘lmagan sayyohlar mehmonxonada turar joy uchun to‘lovni o‘z xisoblaridan koplaydilar yoki hududlardagi maxsus bepul karantin markazi(asosan talabalar yotoqxonalari)ga yuboriladi (misol uchun, Istanbul shahrida Maltepa tumanida joylashgan “Mimar Sinan” nomidagi yotoqxona karantin markazi sifatida xizmat qiladi).
✔️COVID-19ga chalingan sayyohlarning bepul karantin markaziga joylashtirish masalasi viloyat gubernatorligi tomonidan belgilanadi. O‘z o‘rnida, Turkiyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi o‘quv mavsumi boshlanishiga tayyorgarlik munosabati bilan yaqin davrda ushbu markazlar yopilishi kutilyapti.
✔️COVID-19ga chalingan shaxslar 10-14 kundan so‘ng PZR testini qayta topshirishlari va test natijasi “manfiy” chiqqan taqdirda uchib ketishlari mumkin bo‘ladi. Virusni yuqtirgan davrdan to to‘liq tiklanishgacha bo‘lgan jarayon Turkiyaning «Hayat Eve Sığar» (HES-kod) dasturi orqali nazorat qilinadi.
‼️Yuqoridagilarni inobatga olib, Bosh konsulxona yana bir bor Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarimizga tibbiy sug‘urta rasmiylashtirishlarini tavsiya qiladi hamda sug‘urta agentlaridan koronavirus yuqtirish holatlarida aniq harakatlar tartibini o‘rganishga chaqiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.
Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.
АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.
Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.
86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.