O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklar
O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishing.
Bugun bemorlar soni 13 kishiga ortib, 88 nafarga yetdi. Xorazm va Andijonda ilk bemorlar aniqlandi:
Toshkent – 67 (+6), Farg‘ona – 8 (+2), Namangan – 5, Buxoro – 3, Andijon – 3 (+3), Xorazm – 2 (+2)
? Kecha koronavirus tashxisi qo‘yilgan 72 yoshli fuqaro bugun yurak xurujidan vafot etdi, u yoshi 70dan oshgan yagona bemor edi.
? 7 bemor og‘ir ahvolda, 15 kishida o‘pka yallig‘lanishi kuzatilmoqda.
? Koronavirusdan vafot etgan marhumni dafn etish haqida fatvo berildi.
?Zaruratsiz uydan tashqariga chiqish taqiqlanmoqda. Viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi. Bir tumandan boshqasiga o‘tish ham cheklanyapti.
? Karantinga olinganlar soni yuz mingga yaqinlashmoqda. Farg‘onada karantinga olingan shaxs qarindoshlarini mehmonga chaqirgan.
? Namangan shahrida barcha uchun 9 kunlik ta’til e’lon qilindi.
? Endi avtomobilni niqobsiz boshqarish ham jarimaga sabab bo‘ladi.
? Poytaxt ko‘chalarida transport harakati kamaymayapti. Odamlar mobil ilovada qilsa bo‘ladigan oddiy to‘lovlar uchun ham bankka kelishyapti.
