O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Mazkur qaror bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘krak nishoni bilan Qurolli kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, shuningdek O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda ko‘krak nishoni va pul mukofoti ularning oila a’zolariga topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!