O‘zbekistonda USAID'ning ilk «yashil» vodorod xabi tashkil etiladi

O‘zbekistonda USAID'ning ilk «yashil» vodorod xabi tashkil etiladi




Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonning toza energiya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbus – Yashil vodorod xabini yaratishni taqdim etdi. Yashil vodorod qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan vodorod energiyasi sifatida tavsiflanadi. Vodorod qayta tiklanadigan energiyani uzoq masofalarga saqlash va potensial tashish uchun yetakchi variant sifatida shakllanmoqda.

O‘zbekiston 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiya (quyosh, shamol va gidroenergetika) ishlab chiqarishni 25 foizga, 2050 yilgacha esa uglerod neytralligini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hukumatning ushbu maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun USAID Energetika vazirligi va energetika sektori manfaatdor tomonlari bilan Yashil vodorod xabini ishga tushirish ustida ishlamoqda. Xab mintaqaning kelajakdagi energetika landshaftini shakllantirish va O‘zbekistonning «Qayta tiklanuvchi va vodorod energiyasini rivojlantirish strategiyasi»ga hissa qo‘shish uchun energiya sektori xodimlarining yangi toza energiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirishga yordam beradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Edvard Mixalski, shuningdek, energetika sektorining asosiy manfaatdor tomonlari Vodorod xabi konsepsiyasining dastlabki bosqichini, xususan, ustuvor yo‘nalishlar va harakatlar bosqichlarini muhokama qildilar.

Edvard Mixalski o‘z nutqida toza energiya tashabbuslarining muhimligini ta’kidladi. «USAID Markaziy Osiyo davlatlarini toza energiya va boshqa energetikaning ustuvor yo‘nalishlarni rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlashga sodiqdir. Bu shunchaki maqsad emas, balki zarurat hamdir. Bizning ishonchimiz barqaror kelajak toza va samaraliroq energiya manbalariga o‘tishda jamoaviy sa’y-harakatlarga bog‘liq degan ishonchga asoslanadi».

Avvalroq USAID Delaver universiteti (AQSh) va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida universitetning magistratura bosqichiga kiritilgan yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturini amalga oshirish maqsadida hamkorlik o‘rnatgan edi.

Yashil vodorod xabi konsepsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy jihatlarini, jumladan qayta tiklanadigan energiya salohiyati, suv mavjudligi, toza vodorod ishlab chiqarish usullari va eksport salohiyatini baholaydi. Hududni baholash, omborxona inshoot loyihasi, logistikani rejalashtirish, bozor tahlili, tartibga solishni baholash va atrof-muhitga ta’sir qilish masalalari faoliyat yuritish uchun optimal joylarni aniqlashning boshqa tarkibiy qismlaridan biridir.

Bu ish USAIDning Markaziy Osiyoda Energiya mintaqaviy energetika loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Besh yilga mo‘ljallangan qiymati $39 million AQSh dollariga teng loyiha energetika sektori samaradorligini oshirish, toza energiya rivojlanishini jadallashtirish, mintaqaviy aloqa va transchegaraviy energiya savdosi orqali energiya xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan. Faqatgina ushbu loyiha orqali USAID toza energiyaga $2,2 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi va shu kungacha Markaziy Osiyo bo‘ylab 2241 megavatt toza energiya quvvatini o‘rnatishga hissa qo‘shdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!