O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi

A A A
O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi


O‘zbekistonda mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish, turizm salohiyati yuqori hududlarda turistik xizmatlarni ko‘paytirish maqsadida 2025 yil 1 yanvardan boshlab turizmning yangi turlari joriy qilinadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 582-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlab turizmning quyidagi yangi turlari joriy qilinadi:

Sanoat turizmi – mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish;
Geologiya turizmi – oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlar, shaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik ob’ektlarida texnologik jarayonlarni, shu jumladan, tog‘ jinslarini portlatish tadbirlarini bexatar masofadan kuzatish, mutaxassislar bilan muloqot qilish, tog‘ releflari bo‘yicha ekskursiyalarni tashkil qilishni nazarda tutadi;
Ilmiy turizm – ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishish;
Harbiy turizm – harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishish, hududlarda turistlarga o‘q otish bo‘yicha pulli xizmatlar tashkil qilish;
Davlat-boshqaruv turizmi – mamlakatning siyosiy hayoti, davlat organlari va tashkilotlarining tarixi va faoliyatini aks ettiruvchi joylarga, xususan, Hukumat bino va inshootlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan.
Turizmning yangi turlarini joriy etishga, shu jumladan, ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga kirish-chiqish tartibini ishlab chiqish, ularda pulli va bepul ko‘rsatiladigan xizmatlarni belgilash, tushayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga quyidagilar mas’ul etib belgilandi:

sanoat turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

geologiya turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;

ilmiy turizm bo‘yicha-O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Fanlar Akademiyasi;

harbiy turizm bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

davlat-boshqaruv turizmi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Mudofaa vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy va xorijiy turistlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi:

«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi, «Shon-sharaf», «Qurolli Kuchlar» davlat muzeylari va hududlardagi «Vatanparvarlar» bog‘larida harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan bevosita tanishtirish;
Mudofaa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi Qibray sport majmuasi bazasida «Stendli otish» va o‘qotar qurollardan otishni pulli asosida yo‘lga qo‘yish.
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab ichki turizm infratuzilmasi bo‘yicha aholi hamda turistlarning xabardorligini ta’minlash imkonini beruvchi, shuningdek quyidagi texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi «Tourist map» interaktiv portali sinov tariqasida Samarqand shahrining xalqaro aeroportida ishga tushiriladi:

aeroport, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, tarixiy, madaniy, ko‘ngilochar, ovqatlanish va shu kabi joylar hamda ularga yetib borish marshrutlari haqida ma’lumot taqdim etish;
aholi va turistlarning sayohat qilish muddati va qiziqishidan kelib chiqib, sayohat rejasini tuzib berish va matrisali shtrix kod (QR-kod) orqali mobil qurilmasiga o‘tkazib olish imkoniyatini yaratish;
turistlar oqimi yuqori bo‘lgan davlatlar tillarida axborot berish hamda tegishli hududning xaritasi namoyish etib borish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda tajriba o‘tkazish davrida aeroport, temir yo‘l vokzallari hamda chegara o‘tish punktlarida turistlarga bir oy faol turistik sim-kartalarni mobil aloqa operatorlari tomonidan bepul berish amaliyoti joriy qilinadi.

Turizm qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 oktyabrga qadar:

«Tourist map» interaktiv portalini yaratish ishlarini yakunlash hamda Samarqand shahrining xalqaro aeroportida interaktiv portal uskunalari joylashtirilishini ta’minlaydi;
«Tourist map» interaktiv portali uskunalari atrofida bepul WiFi zonalarini tashkil etadi;
«Tourist map» interaktiv portalining mobil ilovasini ishga tushiradi.
«Tourist map» interaktiv portali va uning mobil ilovasini ishlab chiqish, ishga tushirish, keyinchalik funksional imkoniyatlarini kengaytirish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda interaktiv portal uskunalarini xarid qilish, saqlash va ta’mirlab borish xarajatlari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Turizm qo‘mitasi tajriba yakunlari bo‘yicha iqtisodiy, moliyaviy va turistik tahlillarni amalga oshiradi va uning asosida Tourist map interaktiv portalini mamlakatning boshqa turizm oqimi yuqori bo‘lgan hududlarning aeroport, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallarida ishga tushirish yuzasidan 2026 yil 1 sentyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritadi.

Turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, transport-logistika sohasini va biznes jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida 2024 yil yakuniga qadar:

Transport vazirligi Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar (Hertz, Avis, Sixt kabi) faoliyatini mamlakatning aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi;
Turizm qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda hududlar bo‘yicha turistik yo‘nalishlar va ob’ektlarni qamrab oluvchi ro‘yxatni shakllantirib, Apple va Google xalqaro xaritalarga taqdim etilishini va muntazam ravishda reestri yangilab borilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, 2024 yil yakuniga qadar Markaziy bankka Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari (Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara o‘tkazib ushbu vositalarni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘yish, zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Toshkent viloyati hokimligiga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi va yangilangan 2025−2027 yillarda Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirildi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi:

Toshkent viloyatida ichki turizmni iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i sifatida rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli kompleks rivojlantirish rejasini belgilash;
turistik-rekreasion zonalarda davlat-xususiy sheriklik va klaster yondashuviga asoslangan kompleks infratuzilma loyihalarini amalga oshirish;
turistlarning uzoq muddatga qolishi va takroran kelishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tuman (shahar)larni o‘zaro bog‘lovchi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
har bir hududda turizm ob’ektlariga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatkichlar (navigasiyalar)ni ishlab chiqish orqali turistlarga qulayliklar yaratish;
hududlarning tabiiy holatini hamda qishloqlarning asl qiyofasini saqlagan holda, sayyohlarni milliy madaniyat va qadriyatlar bilan tanishtirish.
Qaror 2024 yil 26 sentyabrda kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

"Sizlar bizga terrorchi, biz esa sizlarga suv beramiz"

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазири Субраманям Жайшанкар Нью-Деҳлида бўлиб ўтган брифингда маълум қилди.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini qanday hal qilish kerakligini aytdi

Бу ҳақда у Туркий давлатлар ташкилоти норасмий саммитидаги нутқида фикр билдирди.

SSSR tugamaganmi? Kreml Ukraina urushiga yangi ta’rif berdi

Кремлга кўра, Совет Иттифоқи ҳуқуқий жиҳатдан ҳали мавжуд.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Tramp Rossiyaning g‘alabasiga ishonch bildirmoqda

АҚШ президенти Доналд Трамп Россия раҳбари Владимир Путин билан суҳбатлашгандан сўнг, Россиянинг Украинага қарши урушда ғалаба қозонишига ишонч билдирди.

Dron kuzatgan, raketa urgan: Rossiya Sumidagi poligonga zarba berdi

Россия Украинанинг Суми вилоятидаги полигонига зарба берди, қурбонлар бор.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

AQSh Eron yadroviy inshootlariga yaqin orada zarba berishini e’lon qildi

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Isroil G‘azoda o‘zini-o‘zi mudofaa amaliyotini kengaytirdi

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.

AQSh bir qancha davlatlar bilan falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Қўшма Штатлар Ғазо секторидаги фаластинликларни у ерга вақтинча жойлаштириш имкониятини сўраб бир қатор давлатларга мурожаат қилди.

Instagramʼdagi izoh sabab Samarqandda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Самарқанд вилояти Пахтачи туманида 2 мактаб мактаб ўқувчилари иштирокидаги жанжалда ўқувчилардан бири ҳалок бўлди. Воқеа дарсдан сўнг содир бўлган.

Qozog‘istondan olib kelingan sintetik giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.

Tramp Baydenning sheriklarini xiyonatda aybladi

Оқ уй раҳбари тегишли нашр билан Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида бўлишди.

Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch hazilidagi mojarolar fonida iste’foga chiqdi

Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.

25 yoshli fuqaro smartfonga qaramlikning noyob va qo‘rqinchli oqibatlariga duch keldi

Япониянинг 25 ёшли фуқароси бўйин мускулларини бошқаришни бутунлай йўқотди ва бошини кўтаролмай қолди. Шифокорлар унга кўп йиллик ғайритабиий тана ҳолатидан келиб чиққан "эгилган бош синдроми" нинг оғир шакли ташхисини қўйишди.

Indoneziyada vulqon otildi

Индонезия ҳукумати Левотоби Лаки-лаки вулқони учун энг юқори огоҳлантириш даражасини белгилади.

JSST davlatlari pandemiya kelishuvi uchun ovoz berishadi

“Репорт” нинг хабар беришича , ташкилот сайтидаги овоз бериш жараёнининг транслятсиясига кўра, йиғилишда қатнашган 124 нафар иштирокчи давлат келишувни ёқлаб, 0 нафари қарши овоз берган. 11 давлат, жумладан Исроил, Эрон, Италия, Полша, Россия ва Словакия бетараф қолди. Шартномани маъқуллаш учун 83 овознинг кўпчилик овози керак эди.

Isroil G‘azoda yangi operasiya boshlanganidan beri birinchi askar halok bo‘lganini ma’lum qildi

“Репорт” нинг хабар беришича , армия матбуот хизмати баёнотига кўра, “Темир излар” 401-зирҳли бригадасининг жанговар муҳандислик батальонида хизмат қилган 22 ёшли сержант Ёзеф Еҳуда Хирак ҳалок бўлган.

Putin va Tramp suhbati: Rossiya prezidenti bayonot bilan chiqdi

Путин журналистлар билан учрашувда америкалик ҳамкасби Доналд Трамп билан суҳбатдан кейин асосий фикрларини очиқлади.

Putin va Tramp 2 soat suhbatlashdi: tinchlikka umid paydo bo‘ldimi?

Путин ва Трамп суҳбатлашди. Уларнинг суҳбати тахминан 2 соат давом этди. Россия раҳбари аллақачон матбуот олдига чиқди.

Dunyodagi eng yirik ish beruvchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Жаҳондаги энг катта учта иш берувчи ташкилот қаторида қуйидагилар турибди.

AQSh moliya vaziri: Bojlar yana oshirilishi mumkin

АҚШ молия вазири Скотт Бессент CNN телеканалидаги интервюсида президент Доналд Трамп томонидан жорий этилган янги божлар ва уларнинг истеъмолчиларга таъсири ҳақида фикр билдира туриб, Walmart каби йирик чакана савдо тармоқлари божлардан келиб чиқадиган харажатларнинг бир қисмини ўз зиммасига олиши, аммо бу маҳсулот нархларининг ошишига олиб келиши мумкинлигини таъкидлади.