MBHS va BEMlardan xalqaro standartlargacha: malakali moliyachi Nargiza Muratovaning professional hikoyasi

A A A
MBHS va BEMlardan xalqaro standartlargacha: malakali moliyachi Nargiza Muratovaning professional hikoyasi

O‘zbekiston iqtisodiy tizimining o‘tgan yigirma yillik rivojlanishida buxgalteriya kasbi markaziy o‘rinda turdi. Milliy standartlardan xalqaro andozalarga o‘tish, avtomatlashtirish, shaffoflik – bularning barchasi o‘z ishiga sadoqatli va malakali mutaxassislar zimmasida bo‘ldi.

Shunday mutaxassislardan biri – “O‘zbekiston Kabel Televideniyesi” MCHJ bosh buxgalteri Nargiza Muratova, 20 yillik tajribaga ega, xalqaro darajadagi buxgalter va ACCA DipIFR sertifikati sohibasi.


— Nargiza opa, siz buxgalterlik faoliyatingizni MBHS davrida boshlagansiz. O‘sha paytdagi ish muhiti qanday edi?

— Ha, faoliyatimni MBHS, ya’ni Milliy buxgalteriya hisobi standartlari amal qilgan davrda boshlaganman. O‘sha paytlarda hisobotlar qo‘lda yuritilardi, har bir raqamni sinchiklab hisoblash kerak edi. Bu tizim intizomni, aniq ishlashni o‘rgatgan.

Men dastlab xususiy sektorda ishladim – o‘sha paytda korxonalar iqtisodiy o‘sish bilan birga hisobotlarda tartib o‘rnatishga muhtoj edi. Men joriy etgan hisob yuritish tizimi tufayli kompaniyada moliyaviy oqimlar aniqligi va soliq hisoboti sifati yaxshilandi.


— Keyinchalik siz turli tashkilotlarda ishlagansiz. Ularning har birida qanday hissangiz bo‘lgan?

— 2005–2014 yillarda telekommunikasiya sohasidagi kompaniyada ishladim. O‘sha paytda xizmatlar tez rivojlanayotgan, lekin buxgalteriya tizimi hali avtomatlashtirilmagan edi. Men 1C dasturini joriy qilish, xarajatlarni tahlil asosida optimallashtirish ustida ishladim. Natijada korxonaning foydalilik darajasi oshdi, hisobotlar tezroq tayyorlana boshlandi.

2011–2014 yillarda Mehnat vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutida ishladim. Bu yerda davlat moliyasi, ijtimoiy loyihalar hisobi bilan shug‘ullandim. Loyihalar hisobotlarini xalqaro donorlar talablari asosida tayyorlab, auditdan muvaffaqiyatli o‘tkazdik.

Keyinchalik mehmonxona biznesi va sanoat jihozlari savdosi bilan shug‘ullanadigan jamiyatlarda ishladim. U yerda ham moliyaviy tahlil tizimini qayta ko‘rib chiqib, xarajatlarni salmoqli ko‘rsatkichlarda kamaytirishga erishdik.

Hozir esa “O‘zbekiston Kabel Televideniyesi” MCHJda bosh buxgalter sifatida faoliyat yuritaman. Bu yerda men kompaniya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish, hisobotlarni transformasiya qilish va xalqaro auditorlar bilan hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yishga boshchilik qildim.

Bundan tashqari, kompaniyamiz rahbariyati menga xalqaro hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalarni ko‘rib chiqish, tashqi auditor va huquqshunoslar bilan baravar ishlash vazifasini ishonib topshirgan.


— BEM va 1C dasturlarining joriy etilishi o‘sha paytda katta yangilik edi. Siz ularni qanday qabul qilgansiz?

BEM – bizning elektron hisobga o‘tishdagi birinchi qadamimiz edi. U jarayonlarni tezlashtirdi, lekin imkoniyatlari cheklangan edi. Keyinchalik 1C paydo bo‘lib, bu sohada haqiqiy burilish yasadi. Men 1C’ni chuqur o‘rganib, uni turli tarmoqlarda moslashtira oldim.

Shu orqali kompaniyalarda hisobot tayyorlash va soliq to‘lov jarayonlari ancha soddalashdi. 1C tizimini to‘g‘ri joriy etish – bu texnik ish emas, balki biznes-jarayonlarni tahlil qilish va ularni raqamli formatga to‘g‘ri moslashtirishdir.


— Siz xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o‘tish davrida faol ishtirok etgansiz. Bu qanday tajriba bo‘ldi?

MHXS (IFRS) buxgalteriya tafakkurini tubdan o‘zgartiradi. Endi maqsad – faqat soliq hisobotini topshirish emas, balki kompaniya moliyaviy ahvolini xalqaro auditorlar, investorlar, hamkorlar uchun ochiq ko‘rsatish.

2020 yildan keyin bizning korxonada xalqaro standartlarga transformasiya jarayoni boshlandi. Men bu jarayonda rahbar sifatida qatnashdim – MHXS talablari asosida hisob siyosati yangilandi, aktiv va majburiyatlar qayta baholandi. Bu tajriba menga strategik fikrlashni o‘rgatdi va xalqaro moliyaviy madaniyatni chuqur anglash imkonini berdi.


— Siz 2022 yilda ACCA DipIFR sertifikatini olgansiz. Bu sizning kasbiy o‘sishingizda qanday ahamiyat kasb etdi?

DipIFR – bu global darajadagi malaka. U nafaqat nazariya, balki amaliy tahlil, baholash va qaror qabul qilishni o‘rgatadi. Sertifikatni olish jarayonida men xalqaro hisobotni “dunyo tili” sifatida o‘rgandim.

Bu malaka menga kompaniyamizda xalqaro auditorlar bilan bevosita ishlash, hisobotlarni ularning talablari asosida tayyorlash imkonini berdi. Shuningdek, ACCA DipIFR orqali men o‘z sohamda xalqaro tan olinishga ega bo‘ldim.


— Siz, shuningdek, IAPBE diplomini ham olgansiz. Bu qanday bosqich bo‘ldi?

IAPBE dasturi menga o‘z bilimimni yanada chuqurlashtirishga yordam berdi. Bu yerda strategik moliyaviy rejalashtirish, biznes tahlili, investision baholash kabi mavzular amaliy yo‘sinda o‘rganiladi. Men bu kursni tamomlab, xalqaro darajada malakali buxgalter sifatida tan olindim.


— Siz O‘zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assosiasiyasi (O‘BAMA) faoliyatida ham faol ekansiz. Bu faoliyatingiz nimalardan iborat?

— Ha, men O‘BAMA faoliyatida bir necha yildan beri qatnashib kelaman. Bu tashkilot bizning kasb uchun katta maktab: tajriba almashish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni muhokama qilish, seminar va treninglar tashkil etish imkonini beradi.

Men bu assosiasiyada faol a’zo sifatida MHXS bo‘yicha ishchi guruhlarda ishtirok etganman. Bu orqali nafaqat o‘zim o‘rgandim, balki tajribamni boshqalarga ham ulashdim.


— Siz ESG (Environmental, Social, Governance) va barqaror rivojlanish hisobotlariga alohida qiziqishingizni aytgan edingiz. Bu yo‘nalish haqida fikringiz qanday?

— Ha, bu mavzu menga juda qiziq. ESG va “green accounting” hali O‘zbekistonda amaliyotga to‘liq kiritilmagan, lekin barqaror rivojlanish masalasi – bu kelajak. Bugun kompaniyalar nafaqat ko‘rayotgan foydalari, balki atrof-muhitga, xodimlarga va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini ham o‘lchashni o‘rganmoqda.

Men ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borayapman, xalqaro hisobotlarda qo‘llanilayotgan yondashuvlarni o‘rganib chiqyapman. Ishonchim komilki, yaqin yillarda O‘zbekistonda ham ESG reporting bo‘yicha ilk amaliy loyihalar paydo bo‘ladi. Va men bu jarayonda faol ishtirok etmoqchiman.

Dilmurod Do‘stbekov suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Telegraph: Rossiyaning "Oreshnik" raketasini tutib qolish vositalari mavjud emas

Британиянинг The Telegraph газетаси хабар беришича, бугунги кунда Россиянинг ўрта масофага учувчи «Орешник» баллистик ракетасини тўхтатиб қолиш имкони йўқ.

Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Шу билан бирга, Opta статистика портали FIFA Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоасининг чемпионлик имконияти 0,07% деб баҳоланган.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

Pentagon e’lon qilgan “sirli uchar jism” tarmoqda kulgiga sabab bo‘ldi

Айрим фойдаланувчилар уни “фаришта” ёки “ўзга сайёралик” деб тахмин қилган.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.