O‘zbekistonda soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi
2026-yilning I choragida soliq organlari tomonidan respublika budjetiga 63,6 trillion so‘m tushum ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.
Tushumlarning asosiy qismini foyda solig‘i tashkil etib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ildi va o‘sish 43 foizni tashkil etdi. QQS tushumlari 12,5 trillion so‘mga yetib, 27 foizga oshdi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘idan 10,7 trillion so‘m tushib, o‘sish 15 foiz bo‘ldi.
Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘mni (+17%), aksiz solig‘i 4,6 trillion so‘mni (+1%), soliqsiz tushumlar esa 3,3 trillion so‘mni (+1%) tashkil etdi. Yer solig‘i 2,8 trillion so‘mga yetib, 34 foizga oshgan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i 2,3 trillion so‘mni (+11%) tashkil etdi.
Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) tushumlari 0,6 trillion so‘mga yetib, 12 foizga oshdi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari esa 82 foizlik o‘sish bilan 0,4 trillion so‘mni tashkil etdi.
