O‘zbekistonda pomidor nega hamon qimmat?

O‘zbekistonda pomidor nega hamon qimmat?

O‘zbekistonda sovuq havo va gaz taqchilligi pomidor narxining oshishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.

Yil boshidagi g‘ayritabiiy sovuqlar va issiqxonalarda gaz tanqisligi O‘zbekistonda pomidorning ulgurji narxining oshishiga sabab bo‘ldi. Oxirgi bir oy ichida ular 1,5 barobar o‘sdi.

“Ushbu issiqxonalarda harorat keskin pasaydi - pomidor o‘simliklari uchun ruxsat etilgan me’yorlardan ancha past bo‘lib, bu ularning nobud bo‘lishiga olib keldi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda pomidor ekinlarining o‘rtacha nobud bo‘lishi 50 foizdan 70 foizgacha bo‘ladi”, — deya izoh berdi GDF Export tijorat direktori Xusan Xaydarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!