O‘zbekistonda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda

Nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish lozimligi taklif etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Ushbu masala Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha brifingida muhokama qilindi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida 2020 yil davomida jami 11 ming 276 fuqarolik ishi tamomlangan. Ko‘rilgan ishlarning 7393 tasi bitimlarga doir nizolar bo‘lsa, 1485 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan.

«Hozirgi kunda FHDYoga ariza topshirganidan so‘ng bir oy o‘tib oila qurish mumkin. Bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi. Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!