Fabio Kannavaro: “Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynasak, bizda undan-da kuchliroq ishtiyoq bo‘lishi shart”

Fabio Kannavaro: “Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynasak, bizda undan-da kuchliroq ishtiyoq bo‘lishi shart”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jamoaning tayyorgarlik jarayoni, Jahon chempionatidagi maqsadlar va Osiyo Kubogi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kanadaga qarshi o‘yin xulosalari

“Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ijobiy jihatlar ham, kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Lekin bu o‘yin biz uchun muhim sinov vazifasini o‘tab berdi, sababi oldindagi yuqori saviyali raqiblarimiz darajasini yaxshiroq his qilishga harakat qildik. Jahon chempionatida Shimoliy Amerika jamoasiga qarshi o‘ynamasak-da, bizga bunday o‘yin kerak edi. Men doim kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash tarafdoriman, chunki faqat ular sening kamchiliklaringni ko‘rsatib bera oladi. Kuchsiz raqiblarni yutishingiz mumkin, ammo bu orqali muammolaringizni ko‘ra olmaysiz.

O‘yindagi ijobiy jihat shuki, biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Gol urish uchun aniq imkoniyatlarimiz bo‘ldi, bir oz omad yetishmadi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘limda jamoaviy harakatlarda xatolarga yo‘l qo‘yib, individual o‘yinga o‘tib ketdik. Bunday holatda istalgan raqibga qarshi o‘ynash qiyinlashadi. Murabbiylar shtabi bilan o‘yinni to‘liq tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqardik”.

Jahon chempionatidagi raqiblar (Portugaliya, Kolumbiya, Kongo DR) haqida

“Bunday darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynaganda imkon qadar xatosiz harakat qilish kerak. Jahon chempionatida raqiblarning saviyasi o‘ta yuqori bo‘ladi — ular tezkor, jismonan kuchli va har qanday kichik xatoni darhol jazolay oladi. Bir jamoa bo‘lib harakat qilishimiz, qattiq ishlashimiz, sabrli bo‘lishimiz va nazoratni yo‘qotmasligimiz shart.

Asosiy kuchimiz ishtiyoq, mehnat va taslim bo‘lmaslikda bo‘lishi kerak. Agar menda Krishtianu Ronalduga qarshi maydonga tushish imkoni bo‘lsa, menda undan-da kuchliroq ishtiyoq bo‘lishi kerak. Kolumbiya yoki Kongo futbolchilariga qarshi ham xuddi shunday motivasiya bilan o‘ynashimiz zarur. Oldimizda zabt etishimiz kerak bo‘lgan katta tog‘ turibdi va biz uning cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatishga intilishimiz shart. O‘zbekistonliklar butun dunyoga boks va jangovar sport turlaridagi muvaffaqiyatlari bilan tanilgan. Futbolda ham oxirgi soniyagacha kurashadigan jangchi ekanimizni hammaga ko‘rsatishimiz kerak”.

Avlodlar almashinuvi va Osiyo Kubogi

“Tarkibni shakllantirishda o‘n yilga yaqin vaqt davomida terma jamoada o‘ynab kelayotgan, JChga chiqish yo‘lida xizmat qilgan futbolchilarni inobatga oldim — ular bu yerda bo‘lishga loyiq. Lekin mening pozisiyam aniq: futbolchining ismi yoki o‘tmishdagi yutuqlari hal qiluvchi omil emas. Agar yaxshi o‘ynasangiz, hatto 16 yoshda bo‘lsangiz ham terma jamoaga chaqirilishingiz mumkin. U-17 va U-19 dagi bir nechta yigitlar hozirdanoq e’tiborimni tortdi. Tarkibda tajriba va yoshlik o‘rtasida to‘g‘ri muvozanat bo‘lishi zarur.

Jahon chempionati biz uchun katta maktab. Agar yaxshi natijaga erishsak, xursand bo‘lamiz. Aks holda, ishimizni davom ettiramiz, chunki keyingi ulkan maqsadimiz kuzda boshlanadigan Osiyo Kubogi bo‘ladi. O‘sha paytga borib tarkibga yangi kuchlarni ham jalb qilamiz”.

Muxlislarga murojaat

“Muxlislarimiz bir narsani bilishlarini xohlayman: futbolchilarimiz hatto g‘alaba qozona olmagan taqdirda ham maydonda bor kuchini berishadi. Ular O‘zbekiston libosini kiyishdan faxrlanadi. Kanadaga qarshi o‘yindan keyin yigitlar mag‘lubiyatdan shu qadar siqilishdiki, hatto tuzukroq uxlay olishmadi. Garchi bu shunchaki o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lsa ham, ulardagi mas’uliyat va terma jamoaga bo‘lgan munosabat meni murabbiy sifatida juda quvontirdi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Nega Kim Chen In hech qachon onasi haqida gapirmaydi?

имолий Корея раҳбарияти Ким Чен Иннинг онаси ҳақидаги маълумотларни оммавий муҳокамадан четда сақлашни маъқул кўради. Бу эса уни мамлакатдаги энг сирли шахслардан бирига айлантирган.

Putinning vaqt sinovidan o‘tmagan shov-shuvli bayonotlari

Санкт-Петербург халқаро иқтисодий форуми (ПМЭФ) йиллар давомида Россия президенти Владимир Путин муҳим сиёсий ва иқтисодий баёнотлар билан чиқиш қиладиган майдон бўлиб келди.

Xitoy Tayvan qirg‘oqlarida maxsus operasiya boshlanganini e’lon qildi

Бу ҳақда Xinhua хабар бермоқда.

Saida Mirziyoyeva va Shahnoza Mirziyoyeva farzandlari bilan O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga bordi

Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева Ўзбек Миллий қўғирчоқ театри реконструкциясининг биринчи босқичи якунланиши билан театр ҳаёти яна жонланганини таъкидлади.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган