O‘tgan 2023 yilda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetkazildi. Shundan 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasasidir. Hozirda 213 ta oliygohda 1 million 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olib, bu ko‘rsatkich yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 42 foizga oshganligini ko‘rsatadi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning ma’lum qilishicha, 2023/2024 o‘quv yili uchun 48 ta davlat oliy ta’lim muassasasining 20 ta xorijiy mamlakat bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi ekspertizadan o‘tkazilgan. Ijobiy xulosa berilgan 289 ta qo‘shma ta’lim dasturi uchun 6 ming 818 ta kvota ajratilgan.
QS “Fan sohalari reytingi”da 2 ta oliygoh 4 ta fan sohasi bo‘yicha “TOP-500”, “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro‘yxatida 14 ta oliygoh “TOP-1 000”, “QS Sustainability Rankings – 2024” reytingida 3 ta oliygoh “TOP-1 000” universitetlar ro‘yxatiga kiritildi.
“Scopus” va “Web of Science” bazalar jurnallarida maqolalar soni 3 ming 574 ta, “Xirsh” indeksi besh va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 417 nafarga yetkazildi.
Qayd etilishicha, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 242,3 milliard so‘m bo‘lgan 157 ta ilmiy loyiha moliyalashtirildi. Ilmiy faoliyatga oid umumiy moliyalashtirish hajmi 970,06 milliard so‘m bo‘lgan 558 ta loyiha amalga oshirilgan.
Oliygohlar va ilmiy tashkilotlar tomonidan 275,1 milliard so‘mlik jami 486 ta ishlanma tijoratlashtirilgan. Doktorantura uchun kvotalar soni 4 baravarga oshirilib, 4 ming 307 taga yetkazilgan.
Sohani raqamlashtirishga qaratilgan 9 ta axborot tizimi ishlab chiqilib, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 11 ta davlat xizmati ishga tushirildi. “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimining mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, 2023 yildan boshlab S1 darajadagi sertifikati bor professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ish haqlariga ham 50 foiz miqdorda ustama haq to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
Texnikumlarda grant o‘rinlar soni 22 ming 368 taga yetkazilib, 2022/2023-o‘quv yiliga nisbatan 1,5 barobarga oshirildi.Akademik lisey bitiruvchilarining oliygohlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.