Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi mexanizmlar ishga tushiriladi

Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi mexanizmlar ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lami sezilarli kengaygani tufayli mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchilar soni ham ortib bormoqda.

Ularning bandligini ta’minlashda bitiruvchilar bilan individual ishlash, ularni iqtisodiyot tarmoqlaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oliygohlarda karyera markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bitiruvchilarning tadbirkorlik loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirish bo‘yicha «Kelajakka qadam» dasturi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning doirasida 2025 yilda 6 mingdan ortiq loyihalar uchun 378 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Buning natijasida 8 ming nafarga yaqin bitiruvchilarning bandligi ta’minlandi.

Taqdimotda 2026 yilda 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish, 10 mingga yaqin yoshlarni band qilish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Mazkur dasturni unda ishtirok etuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar taqdim etish orqali yanada kengaytirish taklif etildi.

Shuningdek,«TalabaExpo-2026» kasb ko‘rgazmalarini ish beruvchi tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham samarali tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, yirik xo‘jalik birlashmalari mas’uliyatini oshirish muhimligi qayd etildi.

Barcha jarayonlar bandlikka ko‘maklashuvchi «career.edu.uz» platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni ta’minlash masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi. Natijada bitiruvchilar bilan ishlashning vertikal tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, talabalarni ish bilan band qilishda oliygoh darajasida ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif qilindi.

Jumladan, barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilib, natijadorligiga qarab rag‘batlantirib boriladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million so‘mdan ajratiladi.

Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yo‘nalish kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar (vorkshoplar) tashkil etiladi.

Shuningdek, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tashkil etiladigan spin-off korxonalariga talabalarni jalb etish, kafedralarning tegishli tarmoq korxonalarida filiallarini ochish, bitiruv loyihalari himoyasini ish beruvchi korxonalarda o‘tkazishni kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

Aniq buyurtma, moslashuvchan dasturlar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim shaklini ham yo‘lga qo‘yish tashabbusi bildirildi.

Bunda talabgorlarni dasturga qabul qilish, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash ish beruvchi hamda oliygoh o‘rtasida o‘zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshirilib, buyurtmachi talaba o‘qishni tamomlaganidan so‘ng uni ish bilan ta’minlashga kafolat beradi.

Taklif qilingan chora-tadbirlar ijrosini sifatli tashkil etishda oliygohlar rahbariyatining mas’uliyatini oshirish, ularning «KPI» ko‘rsatkichlarida bitiruvchi bandligining ta’minlanganini asosiy mezon sifatida belgilash zarurligi qayd etildi.

Prezidentimiz mutasaddilarga bitiruvchilar bilan ishlashni samarali tashkil etish, bildirilgan tashabbuslarni puxta ishlab chiqish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish yuzasidan topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi qo‘lga olindi

Амалиёт вақтида огоҳлантирувчи ўқ узилгани ҳолати ҳам текширилмоқда.

O‘zbek futbolchisiga narx belgilandi. Unga Italiya, Germaniya, Turkiya, Niderlandiyadan qiziqish katta!

Самарқанднинг “Динамо” клуби Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Жаҳонгир Ўрозов бўйича келиб тушадиган трансфер таклифларини кўриб чиқишга тайёр.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

Xoland "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin, sababi...

Ҳужумчи Эрлинг Холанд жорий трансфер ойнасида "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Ronalduning opasi Portugaliya JChdan chiqib ketgach, ukasiga hissiyotli murojaat yo‘lladi

Юлдуз ҳужумчи Криштиану Роналдунинг опаси Катя Авейру ижтимоий тармоқларда пост қолдирди.

Eron yadro quroli o‘rniga "yadro qurolidan kuchsiz bo‘lmagan boshqa qurol"ni topdi

У, шунингдек, Эрон расмийларида "термоядро қуроли" — Бобул-Мандаб бўғози ҳам борлигидан огоҳлантирди.

FIFA AQSh terma jamoasi hujumchisi borasida butun dunyoga sharmanda bo‘ldi

ФИФА Тартиб-интизом қўмитаси АҚШ терма жамоаси ҳужумчиси Фоларин Балогуннинг ЖЧ-2026 1/16 финалидан ўрин олган Босния ва Герцеговинага (2:0) қарши баҳсдаги қизил карточкаси учун берилган бир ўйинлик дисквалификациясини вақтинча тўхтатди.

Qozog‘iston Rossiyadan kelib bakiga benzin to‘ldirib ketuvchilar soni oshgani sabab transport vositalarining chegaradan o‘tishiga cheklovlar qo‘ydi

Бу Ўзбекистондан келган ҳайдовчиларга ҳам таъсир қилади.

O‘zbekistonga kuchli issiq havo oqimlari kirib keladi

Ҳаво ҳарорати энг иссиқ кунларда республиканинг катта қисмида 41-43 даражагача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларда 44-46 даражагача кўтарилади.

London osmonidan ulkan ajdaho uchib o‘tdi

“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ўзининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида янги пост жойлаштирди.

Prezident milliy jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tekshirishni talab qildi

Мен бу кутилмаган натижадан шунчаки ҳайратда эмас, балки бутунлай лол қолдим.

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

Alisher Qodirov futbolchilarga: "Kongo bilan o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi"

Депутат Алишер Қодиров Португалияга қарши ўйинда йирик ҳисобда мағлубиятга учраган Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиларини танқид қилди.

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini tark etishi mumkin

Жаҳон чемпиони ва "Олтин тўп" соҳиби Фабио Каннаваро яқин орада Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи лавозимидан кетиши кутилмоқда.

Ikkinchi Jahon urushi davridagi ulkan bomba Germaniya shahrida shov-shuvga sabab bo‘ldi (foto)

Бу ҳақда шаҳар маъмурияти хабар бермоқда.

FIFA angliyalik hakamlarga Argentina terma jamoasining JCH-2026 o‘yinlarida hakamlik qilishni taqiqladi

Бу ҳақда The Mirror нашри хабар берди.

Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod “xorijiy agent” deb topildi

Бу ҳақда “Интерфакс” хабар берди.

Rossiyada xomilador ayol 7-qavatdan qulab tushdi va sog‘-omon qoldi

Бу ҳолат бўйича Приморск ўлкаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг Телеграм-каналида хабар қилди.

JCH-2026. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, JCh yarim finaliga yo‘l oldi

Англия терма жамоаси ЖЧ-2026 чорак финалида Норвегияни қўшимча бўлимларда 2:1 ҳисобида таслим этди.

Fransiyada qasddan yong‘in chiqarishda gumonlanib 32 kishi qo‘lga olindi

Франциянинг 22 та департаментида қасддан ёнғин чиқаришда гумон қилинган 32 нафар шахс ҳибсга олинган.

Germaniyada jazirama tufayli 5000 dan ortiq odam vafot etdi

Июнь ойида Германияда иссиқлик тўлқинлари туфайли тахминан 5,1 минг киши вафот этди. Роберт Кох институти олимлари бундай об-ҳаво шароитлари баъзи одамлар учун хавф туғдиришда давом этишини башорат қилмоқда.

G‘azodagi qurbonlar soni 73 mingdan oshdi

Вазирлик маълумотига кўра, шу давр мобайнида 173 минг 643 нафар киши турли даражада жароҳат олган.

Eron oliy rahbari AQSh va Isroildan qasos olishga va’da berdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) матбуот хизмати тарқатган маълумотга кўра, Мўжтаба Хоманаий АҚШ ва Исроилдан Али Хоманаий ҳамда бошқа эронликларнинг ўлими учун қасос олишга ваъда берди.

Tramp o‘ziga qarshi suiqasd masalasiga oydinlik kiritdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳукумати унга қарши суиқасд амалга оширгудек бўлса, Теҳронни қандай жазо кутаётганини очиқлади.

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli uch kunlik motam e’lon qilindi

Бу ҳақда Sky News хабар бермоқда.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi «ixtiyorlilar koalisiyasi» Parijda yig‘iladi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар қилди.

Isroil zarbasida G‘azoda jahon chempionati namoyishlarini tashkil etgan gumanitar xodim halok bo‘ldi

Ғазо шаҳрида Исроилнинг ҳаво зарбаси оқибатида мисрлик Ёрдам қўмитасининг маҳаллий вакили Муҳаммад ал-Воҳидий ҳалок бўлди.

G‘azodagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish kechiktirildi

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

NATO sammitida Ukrainaga Rossiya hududiga zarbalarni kuchaytirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlov bildirildi

Анқарада ўтган НАТО саммитида Украинага Россия ҳудуди ичкарисига узоқ масофали зарбалар бериш имкониятларини кенгайтириш масаласи муҳокама қилинди.

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda yetti nafar falastinlikni yaraladi

Исроиллик кўчманчилар томонидан босиб олинган Ғарбий Соҳилнинг Ал-Халил (Хеврон) ва Наблус ҳудудларида уюштирилган ҳужумлар оқибатида етти нафар фаластинлик жароҳат олди. Жабрланганлар орасида икки нафар бола, тўрт нафар аёл ва бир кекса эркак бор.

Peskov AQShning Ukrainaga bosim o‘tkazishi haqidagi savolga Oq uy javob berishi kerakligini aytdi

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков АҚШ Украинага Россия инфратузилмасига ҳужумларни тўхтатиш учун босим ўтказишга тайёрми ёки йўқми, деган саволга Оқ уй жавоб бериши кераклигини билдирди.

Ispaniya janubidagi o‘rmon yong‘inida 19 kishi bedarak yo‘qoldi

Испаниянинг жанубидаги Андалусия минтақасида юз берган йирик ўрмон ёнғини оқибатида камида 19 киши бедарак йўқолди.

Chexiya Ukrainaga moliyaviy yordam ajratmaydi — bosh vazir

Бу ҳақда у Idnes нашрига берган интервьюсида маълум қилди.

Zarafshon daryosiga cho‘milishga borgan 3 nafar o‘smir cho‘kib ketib, vafot etdi

Маълум қилинишича, Кармана тумани Катта мачит маҳалласида яшовчи 4 нафар йигит 8 июл куни туш пайти Зарафшон дарёсига чўмилишга борган.

Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

"Биз энергетика, таълим, сув таъминоти тизими, транспорт ва шаҳар инфратузилмаси каби устувор соҳаларда ҳамкорликни кенгайтиришни мақсад қилганмиз..."

93 yoshli erkak eng keksa yuk mashinasi haydovchisiga aylandi (foto)

UPI портали маълумотларига кўра 19 ёшидан бери юк машиналарини бошқаради

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi prezidenti O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bilan uchrashdi

2026 йил 7 июль куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулованинг Ўзбекистон Республикасига амалга оширган хизмат сафари доирасида Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазири Эъзозхон Каримова билан учрашув бўлиб ўтди.

Eronga hujum qilish saratonni tanadan olib tashlashga o‘xshaydi

Исроил бош вазири Бинямин Нетаньяҳу Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларни оқлар экан, буни «танадан саратонни олиб ташлаш»га қиёслади.