O‘zbekistonda muzeylarga kirish haftaning qaysi kunlari va kimlarga bepul?

A A A
O‘zbekistonda muzeylarga kirish haftaning qaysi kunlari va kimlarga bepul?

Bugungi kunda respublikamizda ko‘plab muzeylar faoliyat yuritmoqda. Muzeydagi eksponatlarni ko‘rish ayniqsa bolalarda katta taassurot qoldiradi. Shuningdek, muzeylardagi madaniy-meros, undagi ashyolar va eksponatlar tariximiz haqida tushuncha hosil qiladi. Xo‘sh, farzandlaringiz bilan haftaning qaysi kunlari muzeylarga borish ma’qulroq va foydaliroq?

O‘zbekiston Respublikasining “ Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi hamda  shartlari to‘g‘risida nizom”ning 6-bandiga asosan:

Bolalar va o‘smirlarning madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Shuningdek, Nizomda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ko‘rish uchun har yilning 2-8 sentyabr kunlari tashkillashtirilgan “Muzeylar haftaligi” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Davlat muzeyiga 18 yoshga to‘lmagan bolalar va aholining bepul kirishi hisobini yuritish Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus jurnal asosida amalga oshiriladi.

Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ,jumladan, davlat muzeylarida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib ko‘rish tartibi va shartlari bilan bog‘liq qoidalari muzey hududining tashrif buyuruvchilar uchun tanishishga qulay bo‘lgan joyiga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!