O‘zbekistonda «Lyubaya biznes xorosha» MCHJ ro‘yxatdan o‘tdi (foto)

O‘zbekistonda «Lyubaya biznes xorosha» MCHJ ro‘yxatdan o‘tdi (foto)

Sevara Shousmonova ismli tadbirkor 16 avgust kuni nomi «Lyubaya biznes xorosha» bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyatni Davlat xizmatlari markazi orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ustav kapitali uch milliard so‘m bo‘lgan ushbu kompaniya, Davlat statistika qo‘mitasi reestri ma’lumotlariga ko‘ra, ulgurji savdo bilan shug‘ullanadi.

Reestrda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Sevara Shousmonova bilan bog‘lanishga harakat qilib ko‘rdik, lekin hozircha bu urinishlar besamar ketdi. Sevaraxon qanday tadbirkorligini bilmadik, lekin marketing dahosi ekani aniq: Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tilidan «qanotli fikr»ga aylanib ketgan jumla bilan kompaniya ochish — faoliyatning boshidan bepul reklamaga ega bo‘lish, degani. Qoyil qolmay iloj yo‘q!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!