O‘zbekistonda kredit olish jarayoni soddalashtiriladi

O‘zbekistonda kredit olish jarayoni soddalashtiriladi

O‘zbekiston MB va tijorat banklariga kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqishga ko‘rsatma berildi.

Tegishli farmon Urbanizasiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident tomonidan 10 yanvar kuni imzolangan.

Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘rsatma berilgan.

Kreditlashning yangi tartibi tadbirkorlik, iste’mol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qilishni o‘z ichiga oladi.

Hujjatning to‘liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!