O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar va qurbonlar soni oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar va qurbonlar soni oshdi

2020 yil 20 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 831 (+94) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, 
— Andijon viloyatida 12 nafar, 
— Jizzax viloyatida 13 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 21 nafar, 
— Navoiy viloyatida 3 nafar, 
— Namangan viloyatida 16 nafar, 
— Samarqand viloyatida 13 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 14 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 10 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 7 nafar, 
— Xorazm viloyatida 4 nafar, 
— Toshkent shahrida 75 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 60 910 nafar (+193) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 387 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!