O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 6,8%ga tushdi
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 2020 yildagi 10,5%dan 2024 yil boshiga kelib 6,8%ga tushdi.
AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohada erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
✅ Qayd etilishicha, kambag‘allik darajasi 2021 yildagi 17%dan, 2023 yilda 14% va 2024 yil boshiga kelib 11%ga tushdi.
✅ O‘tgan 6 oyda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 113 ming nafar ishsiz aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar oshdi.
✅ Qo‘shimcha tarzda, 12 ta yangi kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, bugungi kunda 30 dan ortiq kasb turlariga o‘qitilmoqda. Xorijiy tillarga o‘qitish 10 ming nafarga yetkazilib, o‘tgan yilga nisbatan 5 baravarga oshirildi.
✅ Joriy yilning 6 oyida xorijda ishlash istagida bo‘lgan 64 ming nafar shaxs chet davlatlarga qonuniy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborildi.
✅ 2024 yilning o‘tgan 6 oyida mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan Davlat mehnat inspektorlari tomonidan 7720 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, unda 21 436 ta qonun buzilish holati aniqlangan.
✅ Ushbu qonun buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan 3 442 ta yozma ko‘rsatma, 90 ta taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, 4 335 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
✅ Shu yilning o‘tgan davrida 254 nafar noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi hamda 7 349 nafar fuqaroning 31 mlrd so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.