O‘zbekistonda ishchilarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i charchash alomatlarini sezadi

O‘zbekistonda ishchilarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i charchash alomatlarini sezadi

O‘zbekistonliklar ish va hayot muvozanati bilan bog‘liq muammolarga ko‘proq e’tibor qarata boshladi, deya ta’kidlamoqda hh.uz ekspertlari.

Qayd etilishicha, yozda platformada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqda. Xususan, so‘rov davomida respondentlarning 63%i o‘zlarini ishchan his qilishlarini ta’kidlashgan.

Bundan tashqari, 38% ishtirokchi ta’til vaqtida ham ish aloqalarini uzib qo‘ya olmasligini bildirgan bo‘lsa, 37%i o‘zlarida charchash belgilarini sezishgan.

Mutaxassislar aniqlangan tendensiyani turli mamlakatlarda keng tarqalgan “jimgina ishdan ketish” tushunchasi bilan taqqoslashdi. Ushbu atama xodim rasmiy ravishda tashkilotda qolsa ham motivasiyasini va jarayondagi ishtirokini yo‘qotadigan hodisani tavsiflaydi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda “jimgina ishdan ketish” umumbashariy hodisa sifatida kuzatilmaydi. Biroq, tadqiqot ishchilar o‘rtasida prioritetlarning o‘zgarishini va, xususan, ish vaqti va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaratish istagini aniqlagan.

Bunday yondashuv ishga qiziqishning kamayishini emas, balki vaqtni ko‘proq ongli ravishda taqsimlash istagini ko‘rsatadi. Xodimlar ish doirasidan tashqari qoniqish topish imkoniyatlarini qidirmoqda, deyiladi hisobotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!