O‘zbekistonda ayol taksichilar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda ayol taksichilar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda bir oy davomida yakka tartibdagi tadbirkor ayol taksichilar soni ortgan. Agar 1 mart holatiga 1053 nafar ayol ro‘yxatga olingan bo‘lsa, aprel oyida ularning soni 1500 nafarga yetdi.

Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Soliq mobil ilovasida bepul ro‘yxatdan o‘tgan holda daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda. E’tiborlisi shundaki ularni 1 500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiyas qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

2024-yilning o‘tgan davrida ular tomonidan to‘langan soliqlar 20,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda.

Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd so‘m shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd so‘m, fevral oyida 159,4 mlrd so‘m, mart oyida 414,1 mlrd so‘m, aprel oyida 219 mlrd so‘m daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integratsiya qilish bo‘yicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!