O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 394 kishi halok bo‘lgan

O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 394 kishi halok bo‘lgan

2021 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekistonda 1491ta YTH sodir etilgan bo‘lib, shundan 37,8 foizi belgilangan tezlikning me’yoridan oshirilgani oqibatida yuz bergan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilning dastlabki uch oyida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida umumiy 1491ta YTH sodir etilgan bo‘lib, 1168 nafar shaxs turli darajada tan jarohatlari olgan, 394 kishi halok bo‘lgan.

Jami YTHlarning 37,8 foizi belgilangan tezlikning me’yoridan oshirilgani, 15,3 foizi piyodalar o‘tish joylari bo‘lmagani sabab yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish, 12,4 foizi ustunlikka ega bo‘lgan transport vositasiga yo‘l bermaslik oqibatida sodir etilgan.

YTHlarning eng ko‘pi Farg‘ona (212ta) va Toshkent viloyatlari (208ta), shuningdek, Toshkent shahri (170ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

YTHga uchragan haydovchilarning 1453 nafari erkak, 38 nafari ayollardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!