O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar orasida 130-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar orasida 130-o‘rinni egalladi

Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2020 yilgi reytingini e’lon qildi. Reytingga dunyoning 135 ta davlati kiritilgan bo‘lib, ro‘yxat uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 130-o‘rinni egalladi.

Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Qozog‘iston 116-o‘rinni, Qirg‘iziston 133-o‘rinni, Afg‘oniston 132-o‘rinni, Pokiston esa 135 — eng so‘nggi o‘rinni egalladi.

Bermud orollari 2020 yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pog‘onalarni Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!