O‘zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi

O‘zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi

Reytingni Polshaning Gazeta.pl nashri tuzgan.

O‘zbekiston Shvesiya va Avstriyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.

Nashr O‘zbekiston Sharqning mashhur durdonasi va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini qayd etgan.

O‘quvchilarga qadimiy Buxoro, Xiva va Samarqand bo‘ylab juda boy va o‘ziga xos yo‘nalish taklif qilingan.

Sayyohlarga Toshkentga ham tashrif buyurish tavsiya qilingan. Nashr poytaxtda o‘z milliy xususiyatlarini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi eng katta bozor – Chorsu joylashganiga e’tibor qaratgan. Yana bir diqqatga sazovor joy sifatida zamonaviy Mustaqillik maydoni ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!