O‘zbekiston — Yaman: birinchi bo‘limdan so‘ng…

O‘zbekiston — Yaman: birinchi bo‘limdan so‘ng…

Hozirgina jahon chempionati saralashi doirasida Yamanga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi yakunlandi. Hisob — 2:0. Tushungandirsiz, Abramov imzosi sezilmoqda.

Ko‘p narsa tarkib va taktikaga bog‘liq edi. Abramov asosiy tarkibga futbol o‘ynashni istaydigan futbolchilarni kiritdi. Bu esa o‘zini oqlamoqda.

Tarkib almashgani, murabbiyning ishi yaqqol sezilyapti. Tezlik, pressing, hujum uyushtirish, kutilmagan qarorlar… Birinchi golda Jamshid Iskanderovning kutilmagan uzatmasini Doston Hamdamov chiroyli tarzda jarima maydoni ichiga uzatdi. Tavakkal emas, ko‘ra-bila turib…  Qodirqulov esa bir teginishda buni golga aylantirdi.

Ikkinchi gol, ayniqsa, juda ajoyib kechdi. Eldor Shomurodovdan «Rostov»cha gol. U Rossiya klubida ana shunday gollar urardi. Va nihoyat, terma jamoada ham «o‘rniga joylashmoqda». Shuningdek, Eldorning darajasi to‘pni to‘xtatib olishida ham sezilyapti.

Shu bilan birga kamchilik ham yo‘q emas. Maydon markazida Odil Ahmedovning yo‘qligi bilinyapti, chunki uzoq muddatlik jarohatdan keyin qaytgan Otabek Shukurov endi-endi formasini tiklamoqda.

Hozircha hammasi yaxshi. Umid qilamizki, ikkinchi bo‘limda yana gollar guvohiga aylanamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!