O‘zbekiston vinolari Rossiyani zabt etmoqda

O‘zbekiston vinolari Rossiyani zabt etmoqda

Ushbu yilning 3 choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Rossiyaga vino yetkazib berishni eng ko‘p oshigan davlat bo‘ldi, dedi vinochilikni rivojlantirish agentligi rahbari o‘rinbosari Timur Umarov.

▪️Bu davrda Rossiyaga deyarli 850 ming litr gazsiz va mustahkamlangan vinolar eksport qilindi.

▪️Eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 barobar o‘sdi.

▪️Pul qiymatida bu 7,6 million dollarni tashkil etadi. Keyingi yilda12 million dollarlik vino yetkazib berish rejalashtirilgan.

▪️ Rossiyada o‘zbek konyaklari ham yaxshi sotilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 3 million dollarlik konyak sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan +11%.

Aytish joizki Rossiya kompaniyalari ham O‘zbekistonda vino ishlab chiqarishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu sohaga jiddiy investisiyalar ham kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!