O‘zbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya bir necha milliard dollarlik bitim imzoladi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida umumiy qiymati 9 mlrd dollarga teng 600 ta ikki tomonlama bitim imzolangan. Jumladan, 7,4 mlrd dollarlik 141 ta investisiyaviy loyiha va 1,6 mlrd dollarlik 455 ta eksport shartnomasi imzolandi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma Loyiha ofisi investisiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini to‘liq kuzatib boradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, ikki mamlakat hududlari ma’muriyatlari istiqbolli tarmoqlarda 75 ta yangi investisiya loyihasi ustida ish boshlashadi.

Tadbir davomida metallurgiya, energetika, kimyo, elektrotexnika, charm-poyabzal, to‘qimachilik va farmasevtika sanoati, suv xo‘jaligi, neft-gaz tarmog‘i hamda bank-moliya sohasi kabi hamkorlik yo‘nalishlarida bir qator kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!