O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk tashish hajmini oshiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk tashish hajmini oshiradi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Qazaqstan temіr joli” kompaniyalari vakillari shunday kelishuvga erishdi.

Tomonlar yuk o‘tkazish salohiyatini oshirish uchun “Oq ko‘prik” (O‘zbekiston) va “Sariagash” (Qozog‘iston) stansiyalarida texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shu orqali “Oq ko‘prik” chegara punkti o‘tkazish imkoniyati kuniga 30 juft poyezddan 45 juft poyezdga oshiriladi va mos ravishda yillik yuk tashish hajmi 60 mln tonnagacha ko‘payadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!