O‘zbekiston va Pokiston strategik yaqinlashuvining yangi bosqichi: ikki mamlakat yetakchilari sammitining asosiy yakunlari

O‘zbekiston va Pokiston strategik yaqinlashuvining yangi bosqichi: ikki mamlakat yetakchilari sammitining asosiy yakunlari

Joriy yilning 6-fevralida yakunlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasiga davlat tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Tashrif hamkorlikka qo‘shimcha turtki berdi va jadal rivojlanib borayotgan siyosiy muloqotni yangi amaliy mazmun bilan boyitdi.

Islomoboddagi muzokaralar muloqotning davriy uchrashuvlar formatidan tizimli o‘zaro hamkorlik mexanizmiga aylanishini namoyon etdi. Bu kontekstda muhim voqea sifatida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘lib, ushbu formatni ikki tomonlama munosabatlar arxitekturasining «tayanch konstruksiyasi»ga aylantirdi.

Mazkur platformaning ishga tushirilishi aniq natijalarga erishishga qaratilgan tizimli ishlarning boshlanishini anglatdi. Buni uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan «yo‘l xaritalari», Qo‘shma deklarasiyada va davlatlararo o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan qariyb 30 ta hujjatdan iborat salmoqli paket qabul qilingani tasdiqlaydi.

Siyosiy maslahatlashuv mexanizmlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi: tomonlar Toshkentda tashqi siyosat idoralarining Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldilar, shuningdek xalqaro maydonda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tasdiqladilar. Xususan, Islomobodning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘magi alohida ta’kidlandi va Pokistonning 2025–2026 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi sifatidagi konstruktiv roli qayd etildi.

Ayniqsa yorqin voqea sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga oliy davlat mukofoti – «Nishon-e-Pokiston» ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘ldi. Ushbu mukofotning Prezident Osif Ali Zardari tomonidan topshirilishi yetakchilar o‘rtasidagi shaxsiy ishonchning yuqori darajasini yaqqol tasdiqladi hamda O‘zbekiston Rahbarining ikki xalq do‘stligini mustahkamlashdagi tarixiy xizmatlarining e’tirofi bo‘ldi.

Sammitning yana bir muhim tarkibiy qismi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo‘ldi. O‘zbekiston rahbari Pokiston quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi, erishilgan kelishuvlar esa mudofaa vazirliklari o‘rtasida imzolangan «yo‘l xaritasi»da mustahkamlandi.

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik huquqni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan kelishuvlar paketi hisobidan sezilarli darajada kengaytiriladi. Tashrif davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurash va hukm qilingan shaxslarni o‘zaro topshirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarga erishildi, bu esa transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashda ishonch va muvofiqlashtirishning yuqori darajasidan dalolat beradi.

Xavfsizlik sohasidagi sheriklikni mustahkamlash bilan bir qatorda, muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik asosiy o‘rinni egalladi. Bu yo‘nalishda qo‘shma ishlar uchun mustahkam poydevor avval bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning 10-sessiyasi davomida yaratildi. Unda tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yangi mexanizmlar, jumladan fitosanitariya protokollarini kelishishni jadallashtirish va mehnat munosabatlari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish ishlab chiqildi.

Yana bir muhim voqea sifatida ikki davlat rahbarlari hamda 300 dan ortiq yetakchi korxona, kompaniya va ishbilarmonlik tuzilmalari vakillari ishtirok etgan qo‘shma biznes-forum bo‘ldi. Tadbir yakunida ilk bor erishilgan kelishuvlar to‘g‘risidagi Protokol imzolandi, unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilandi va vazirlik hamda idoralar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati o‘rnatildi.

Mazkur tashabbuslarni oliy darajada mustahkamlab, ikki mamlakat yetakchilari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati va geologiyadan tortib raqamli texnologiyalar, logistika va farmasevtikagacha bo‘lgan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qamrab olgan salmoqli hujjatlar paketini qabul qildilar. Shu bilan birga radiasiya va yadroviy xavfsizlik, ekologiya, favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohalarida muhim kelishuvlar qabul qilindi.

Strategik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha tanlangan yo‘nalishning samaradorligi aniq ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanmoqda: so‘nggi 8 yil ichida o‘zaro savdo hajmi 15 barobar oshib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra qariyb 500 million dollarga yetdi. Ijobiy dinamikaning barqarorligini ta’minlash va tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadida amaldagi preferensial savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovar nomenklaturasini bir necha barobar kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbek–pokiston munosabatlarining yana bir muhim «drayveri» investisiyaviy hamkorlikdir. Xususan, so‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda pokiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 6,5 barobar oshib, qariyb 230 taga yetdi. Ushbu dinamikani qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tgan tashrif davomida 3,5 milliard dollarlik qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirildi, shuningdek O‘zbek–Pokiston Ishbilarmonlar kengashini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi va kichik hamda o‘rta biznesni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Shu bilan birga, O‘zbek–Pokiston sherikligining institusional bazasi Samarqand va Islomobod, Termiz va Peshovar ma’muriyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar bilan mustahkamlandi. Bundan tashqari, ikki mamlakat viloyatlari va provinsiyalari o‘rtasidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishning birinchi qadami sifatida joriy yilning o‘zida Xiva shahrida Mintaqalararo forum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Hamkorlikning yana bir strategik ustuvor yo‘nalishi transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashdir. Xususan, port xizmatlari sohasida bitim imzolandi, bu esa «Termiz – Naybobod – Logar – Xarlachi» temir yo‘li loyihasini amalga oshirishga muhim qo‘shimcha bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yo‘lakni rivojlantirish yuklarni yetkazib berish muddatini 3–5 kungacha qisqartirib, ularning qiymatini 40 foizga kamaytiradi hamda Markaziy Osiyoni Karachi va Gvadar portlari bilan integrasiyalashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga «Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» yangi transport koridorini yaratish va ushbu yo‘nalish bo‘yicha sinov tashuvlarini joriy yil fevral oyidayoq boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu logistika xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, ta’minot barqarorligini oshirish va tashqi savdo aloqalarini diversifikasiya qilishga xizmat qiladi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik ham yangi bosqichga chiqdi. Bunga Bobur nomidagi bog‘ning barpo etilishi va Islomoboddagi ko‘chalardan biriga «Toshkent» nomi berilishi, Lahorda qo‘shma madaniyat markazining tashkil etilishi, shuningdek Pokistonda O‘zbekiston madaniyati haftaligi va o‘zbek kinosi kunlarining o‘tkazilishi yorqin dalil bo‘ldi. Bunga muhim qo‘shimcha sifatida akademik aloqalar kengaytirildi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Peshovar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi.

Strategik o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yana bir muhim qadam sifatida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Islomobod mintaqaviy tadqiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbek–Pokiston ekspertlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Yangi format strategik sheriklikni analitik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish uchun doimiy platformaga aylandi.

Umuman olganda, tashrif yakunlari O‘zbek–Pokiston hamkorligiga mintaqalararo integrasiyaning o‘ziga xos «lokomotivi» sifatidagi rolni mustahkamladi. Yetakchilarning qat’iy siyosiy irodasi, keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalar va chuqurlashib borayotgan madaniy-gumanitar muloqot uyg‘unligi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida barqaror rivojlanish va o‘zaro bog‘liqlikni tiklash uchun tarixiy imkoniyatni taqdim etadi.

Kayrat Axmedov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI)
etakchi ilmiy xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh harbiy yig‘ilish punktiga hujum qildi

Видеолавҳани ижтимоий тармоқларда ИИҚК Аэрокосмик кучлари қўмондони Мажид Мусавий жойлаштирган.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

InfinBANK xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.